Xitoy xalq banki Syun'an rayonida maoşlarni tölaş uçun milliy raqamli valutani (CBDC) sinab kördi. Bu haqda SoinDesk yozmoqda.
Syun'an hokimiyatining xabar qilişiça, milliy raqamli valutada maoşlarni tölaş böyiça sinovda markaziy bank hududiy bölimi, Bank of China filiali va Xitoy taraqqiyot va islohotlar komissiyasi qatnaşgan.
Maoşlar blokçeyn asosidagi maxsus platforma yordamida işçilarga tarqatilgan.
Mahalliy hokimiyatning bildirişiça, mazkur texnologiya bilan maoş tölaş jarayoni tezlaşgan va şaffoflaşgan.
Milliy raqamli valutani işlab çiqiş Xitoy xalq banki tomonidan 2014 yilda içki guruh tuzilişidan boşlangandi.
Xitoy rasmiylari Birlaşgan Millatlar Taşkilotining 2018 yilda Nyu-Yorkda bölib ötgan axborot texnologiyalari sohasiga bağişlangan konferensiyasida Xitoy raqamli valutasi qanday işlaşi va uning kelajagini sun'iy intellekt va robototexnika yutuqlari bilan baholagandi.
Xitoy xalq banki ma'lumotlariga köra, CBDC bir soniyada kamida 250 mingta tranzaksiyalarni amalga oşiradi va oxirgi bir yilda Xitoyda raqamli valuta bilan savdo qiliş uluşi 50 foizdan köproq miqdorda oşgan.












