Özbekistonlik taniqli diniy ulamo Yorqinjon Fozilov avtohalokat sabab vafot etdi. Qöqon şahrida tuğilgan Yorqinjon domla ikki hafta avval Danğara tumanidagi «Said Ahmadxon hoji» jome masjidiga imom noibi etib tayinlangan edi.

Özbekistonlik imom ötirgan maşina Qirğizistonning Botken viloyatida avtohalokatga uçragan. Maşinada bölgan domla va haydovçi vafot etgan. Yana ikki yölovçining ahvoli oğirligi aytilmoqda. 

Ma'lum bölişiça, janoza bugun şom namozidan keyin Qöqon şahridagi Madrasai Mir masjidida bölib ötadi.