Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Agar Navalniy qamoqda o‘lib qolsa, oqibatlari Rossiya uchun halokatli bo‘ladi - Bayden
AQSh prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan urchrashuvdan keyin matbuot anjumanida qatnashib, savollarga javob berdi.
Bayden OAV vakillari bilan uchrashuvda Putinga qaraganda kamroq vaqt o‘tkazdi va shu tufayli ketayotib ham savollarga javob berishga majbur bo‘ldi. Bayden Putin bilan uchrashuvda hech kim ovozini ko‘tarmagani va pozitiv kayfiyatda gaplashilganini aytdi.
«Inson huquqlari ta'minlanmasa, men o‘z xalqim ishonchini oqlay olmagan bo‘laman, dedim Putinga. Unga ta'minlash kerak bo‘lgan normalarning oddiy qoidalari borligini eslatdim», dedi Bayden.
U Rossiya prezidentiga AQShdagi kiberhujumga uchrashi mumkin bo‘lmagan 16ta tashkilot ro‘yxatini taqdim etgan.
Uchrashuvda Navalniy mavzusi ham ko‘tarilgan. «U qamoqda o‘lib qolsa, oqibati Rossiya uchun juda yomon bo‘lishini eslatdim», dedi AQSh prezidenti.
Baydenga ko‘ra, Putin sovuq urush boshlanishini emas, Rossiya iqtisodiyoti o‘sishini xohlamoqda.
Baydenning fikricha, AQSh Rossiyani o‘rab olish payiga tushmagan. «Putin hamon Rossiyani o‘rab olishga urinishmoqda deb o‘ylaydi. Ammo bu o‘zaro munosabatlarimizdagi asosiy omil bo‘lmasligi kerak», deydi Bayden.
Shuningdek, Baydendan «Putinga ishonasizmi?» deb so‘rashdi. AQSh yetakchisi esa bu Rossiyaning o‘zini tutishiga bog‘liqligi, «gap ishonchda emas, o‘zaro manfaatlarda» ekanini aytdi.
AQSh Rossiyaga Afg‘oniston, Suriya, Eron va Liviyadagi masalalarda yordam berishi qayd etib o‘tilgan. AQSh yetakchisi o‘zaro suhbatda Ukraina, Belarus va matbuot erkinligi masalasida ham gaplashishganini ma'lum qildi.
Jyenevada o‘tgan uchrashuv 4 soatdan ortiq davom etdi va prezidentlar yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazishmadi.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026