Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan NATO sammitidagi «omadsiz çiqqan» surati Ğarb OAV tomonidan qöllanişi Turkiyada mojaro çiqişiga sabab böldi.

Bianet naşrining xabar berişiça, avvalroq France-Presse va Reuters axborot agentligi e'lon qilgan uşbu suratda kursida ötirgan Erdöğan uning yoniga kelgan Bayden bilan pandemiya şaroitida sanitar-epidemiologik protokol talab qilgandek muşt urib salomlaşiş uçun örnidan turayotgani aks etgan. Ğarb OAVlari bunda Erdöğan Baydendan farqli ölaroq, niqobsiz bölganiga e'tibor qaratgan.  

Foto: Reuters

Biroq Anqarada Ğarb matbuoti sahifalarida Erdöğanning niqobsiz bölgani qayd qilinişi emas, balki u göyoki Baydenga «ta'zim qilib», uning muştini öpmoqçi bölayotgandek tasvirlangan surati çop etilgani mojarolarga olib kelgan.  

Turkiya prezidenti maslahatçilaridan biri Ismoil Sesur Britaniyaning Financial Times naşrini NATO sammitida olingan Erdöğan va Baydenning önlab boşqa umumiy suratlari bölsa-da, özining birinçi sahifasida aynan öşa mojaroli suratni çop etib, Erdöğanni kamsitişga urinmoqçi bölganlikda ayblagan.

«Financial Times tomonidan NATOning önlab boşqa suratlari içidan uşbu suratni qöllagani Erdöğan haqida muayyan tasavvur paydo qilişga qaratilgan. Vaholanki, Turkiya yetakçisining NATO sammitidagi işining özi uning öz kuraşini davom ettirayotgan maydonlar va kölamlar qançalik kattaligini körsatadi. Biz sizni doim qöllab-quvvatlaymiz, jahon yetakçisi», deb yozgan Sesur.

Foto: Reuters

Ijtimoiy tarmoqlarda uşbu surat yuzasidan bildirilgan tanqidiy fikrlardan keyin Reuters surat keltirib çiqargan tuşunmovçilikdan afsus bildirgan hamda öşa surat Erdöğan Baydenni qarşilaş uçun örnidan turayotganda olinganini qöşimça qilgan.

Ikki davlat yetakçisining Bryusseldagi uçraşuvi AQŞ prezidenti Usmoniylar imperiyasida XX asr boşida sodir bölgan voqealarni armanlar genotsidi deb tan olgandan keyin bölib ötdi. Öşanda Baydenning bayonotidan keyin AQŞning Anqaradagi elçisi Turkiya taşqi işlar vazirligiga çaqirtirilib, unga AQŞ prezidenti bayonoti yuzasidan norozilik bildirilgan. Öz navbatida, Erdöğan Bayden bir asr avval yuz bergan voqealar yuzasidan asossiz va haqiqatdan yiroq bayonot berganini aytgan.