2021 yilning yanvar-may oylarida Özbekistonda 160 trln. sömlik sanoat mahsulotlari işlab çiqarilgan.

Statqöm ma'lumotlariga köra, ötgan yilning mos davriga nisbatan sanoat işlab çiqarişning hajmi 8,2 foizga oşgan.

2021 yilning yanvar-may oylarida 85 ming 794 dona yengil avtomobil işlab çiqarilgan. Bu ötgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda 32 ming 131 donaga kamroq.

Körib çiqilayotgan davrda tozalangan ösimlik yoği işlab çiqariş miqdori 4,5 ming tonnaga kamaygan. 2020 yilning yanvar-may oylarida 81,1 ming tonna ösimlik yoği işlab çiqarilgan bölsa, bu körsatkiç joriy yilning mos davrida 76,6 ming tonnani taşkil etgan.

Şu bilan bir qatorda, joriy yilning dastlabki beş oyi davomida avtomobil benzini işlab çiqariş 14,9 ming tonnaga köpaygan. 2020 yilning yanvar-may oylarida 441,3 ming tonna benzin işlab çiqarilgan bölsa, 2021 yilning mos davrida bu raqamlar 456,2 ming tonnaga yetgan.

Avvalroq, ötgan beş oy içida avtomobil işlab çiqariş sanoatida eng köp «Sobalt» avtomobili işlab çiqarilgani xabar qilingandi.