Yumşoqlikmi yoki aqllilik?

Putin va Baydenning uçraşuvidan keyin amerikaliklar yana norozi bölişdi. Xuddi 2018 yil Xelsinkidagi sammitdan keyin Trampdan norozi bölişgani kabi. Amerikalik kongressmen Loren Bobert amerikaliklarning noroziliklarini şunday ifodaladi: «Muzokaralarda juda yomon nomzod qatnaşdi. Umid qilaman, Bayden muzokaralarda Putinga Alyaskani qaytarişni va'da qilmagan».

Ma'lumot uçun, Alyaska 1853 yil Şarqiy Sibir general-gubernatori Muravyov-Amurskiy taklifidan söng 1867 yil AQŞ tomonidan Rossiyadan sotib olingan. Öşa savdodan Rossiya 7,2 million dollar işlab olgan. Bugungi kunda bu 20 milliard dollar atrofidagi pulga teng böladi. Ya'ni Alyaskani qaytib berişi haqidagi gap Baydenga nisbatan haqoratdir.

Xöş, Baydenni nega yumşoqlikda ayblaşmoqda? Bu adolatdanmi? Gap şundaki, har ikki mamlakatda, ayniqsa, Amerikadagilar Rossiyaga nisbatan keskin, hatto haqoratomuz munosabatda böliş kerak deb hisoblaşadi. Amerikaliklar Rossiyaga nisbatan har qanday diplomatik munosabatlarni ham qabul qila olişmaydi. Şunday ekan, Baydenning «odamga öxşab yaşaylik, dunyoda bizdan kattasi yöq» degan gapi amerikaliklarga yumşoqlik bölib tuyuldi. Aslida esa Rossiya har qança agressiv harakat qilmasin, ikki davlat munosabatlarining keskinlaşuvi dunyodagi muvozanatga salbiy ta'sir qiladi. Bayden Putinga, Rossiya olib borayotgan siyosatga nisbatan yetarliça qattiqqöl ekanini isbotlab böldi. Undan oldingi Tramp Putinning gaplaridan ilhomlanib yurgan edi, Bayden esa ilk telefon suhbatidayoq Putindan hisob söradi, kelajakdagi munosabatlarning umumiy vektorini belgilab berdi, Rossiyaga kiberxavfsizlik, inson huquqlari böyiça yönaliş berdi. Bu narsalar böyiça ikki mamlakatning birgalikda harakatlanişini esa yaqin yillarda tasavvur qilib bölmasdi.

Oddiy misol: Britaniya va Rossiya örtasidagi munosabatlar inglizlarning qaysarligi sabab faqat yomonlaşdi. Albatta, Rossiyaga qarşi yumşoq turiş orqali şarmanda böliş kerak emas, biroq duşmanlik kayfiyatidagi munosabatlar nafaqat Amerika uçun, balki dunyo uçun xavfli. Şu sabab Baydenning bu siyosatiga yumşoqlik emas, aqllilik deb nom beriş töğri.

Taqqoslaş uçun, Tramp Putin bilan uçraşuvda çinakamiga şarmandalarça harakat qilgandi. U AQŞ razvedkasi taqdim etgan ma'lumotga emas, Putinga işonişini aytib, amerikaliklarning nafratiga sabab bölgandi. Kaliforniyaning sobiq gubernatori Arnold Şvarsenegger bu haqda şunday degandi: «Janob Tramp, siz özingizni suvda ivigan makaronday tutdingiz. Axir Ronald Reygan Berlin devori oldida turib Gorbaçevga «Bu la'nati devorni buzing, janob Gorbaçyov» deganini körganmisiz? Janob prezident, siz vatanni sotdingiz. Putin bilan uçraşuvda özingizni «ammamning buzoğiday» tutdingiz, işqilib oxirida undan dastxat söramasaydingiz deb qörqib turdim».

Körib turganingizdek, Amerikada Rossiyaga nisbatan munosabatlar faqat duşmanona kayfiyatda bölişi kerak deb öylaşadi. Bayden mana şu omilni inobatga olgan holda populistlik qilişi ham mumkin edi, biroq u qaysidir ma'noda öz obröyini qurbon qilgan holda Rossiyaga qöl uzatdi. Aslida ham özidan kuçsizni uriş emas, unga qöl uzatgan kuçli hisoblanadi. AQŞ Rossiyadan har sohada ustun ekani sir emas (YaIM böyiça farq kamida 12 baravar), şunday ekan, Rossiya bilan yangi intriga AQŞning zarariga işlaydi, asosiy missiyasidan uzoqlaştiradi. Töğrisi ham, Rossiya öz armiyasini Ukraina çegarasiga jangovar tayyorgarlikka keltirib joylaştirayotgan bir vaqtda AQŞ dunyoga birinçi raqamli vaksina – Pfizer’ning 500 million dozasini yetkazib beriş haqida öylamoqda. Rus matbuotida Putinning nutqlaridan har qança havolanib, uning daho ekani bilan faxrlanişsa ham, bu uçraşuv tölaligiça Amerika belgilagan yönalişda ötdi.

Bayden Amerikaning talablarini diplomatik tarzda Putinga yetkazdi. Buni şunçalik san'at bilan amalga oşirdiki, hatto Putin ham buni e'tirof etib, Bayden işini san'at darajasiga kötarganini aytdi. Hatto rossiyalik yoşlarning Bayden şpargalka qarab gapirgani haqidagi savolga javob berar ekan, Putin amerikalik hamkasbining tarafini oldi: «Bayden uçraşuvgaça uzoq vaqt parvoz qilgan, biz ham uzoq muloqot olib bordik. Biz prezidentlar hammamiz şunday qilamiz. Bu noodatiy narsa emas».

Putin 18 iyun kuni Rossiya Xavfsizlik kengaşi yiğilişini ham aynan Bayden bilan uçraşuv haqidagi nutqi bilan boşladi. U kengaş a'zolaridan Bayden bilan uçraşuvini tahlil qilişni söradi. Ya'ni Baydenning hurmat bilan munosabatda bölgani öz samarasini berdi va Putin uçraşuvda kötarilgan masalalarga jiddiy qaradi. Har holda Xavfsizlik kengaşida bu haqda gapirilgani va asosiy muhokama mavzusi Bayden bilan uçraşuv bölgani Rossiya sammitda aytilgan gaplarga jiddiy qarayotganidan dalolat.

Bayden Putin bilan uçraşuvda Rossiya doim bu boradagi ayblovlarni bekor qiladigan va unça xuşlamaydigan mavzular – inson huquqlari, söz erkinligi, kiberxavfsizlik haqida gaplaşişini aytgandi. Mana şunday anonsga qaramay, Putin uçraşişga rozi bölgani esa Baydenning yutuği. AQŞ prezidenti uçraşuvdan boşini kötarib qaytişi mumkin, çunki u aytişni rejalaştirgan barça gaplarini aytdi, hatto Putinni oçiqçasiga Rossiyaning qiladigan işlari nima oqibatlarga olib kelişidan ogohlantirdi.

Prezident sovğasi

Ikki prezident uçraşuvdan keyin bir biriga sovğa ham bergan. Bu holat tantanali tarzda körsatilmadi, lekin Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov sovğalar haqida ma'lumot berdi. Unga köra, Putin hamkasbiga «Moskva» nomli qadimiy taxtadan yasalgan yozuv töplamini sovğa qilgan. Bayden esa Putinga «Aviator» modelidagi maxsus tayyorlangan közoynak sovğa qilgan. Bayden bunday turdagi quyoş közoynaklarining muxlisi hisoblanadi va köp marta şunday közoynak taqqan holda köriniş bergan. Ma'lum bölişiça, bunday sovğa uçun Baydenning şaxsiy budjeti unçalik qiynalib qolmagan. «Aviator» közoynaklari narxi örtaça 300 dollar turadi. Putinda allaqaçon bunday markadagi közoynaklar bor, faqat Bayden Putin uçun maxsus tayyorlatgan közoynak katta ehtimol bilan bitta nusxada çiqarilgan.

«Uruş bölmasligi aniq»

Putin va Baydenning xotirjam gaplaşganiga köpçilik e'tibor berdi. Bu holatga rossiyalik siyosatçi Vladimir Jirinovskiy şunday ta'rif berdi: «Putin va Baydenning tabassum bilan körişganidan şunday xulosaga keliş mumkinki, uruş bölmaydi». Darvoqe, uruş bölmasligi va buni xohlamayotgani haqida Bayden ilk turnesidagi ilk uçraşuvdayoq aytib bölgandi. U Britaniyadagi AQŞ harbiy bazasida zobitlar oldidagi çiqişida Amerika kuraşişi kerak bölgan eng asosiy muammo global isiş ekanini aytgandi. Bu esa AQŞ uruşni istamayotgani, insoniyat oldidagi boşqa sinovlar bilan kuraşiş kerak deb hisoblaşidan dalolat edi.

2018 yilda şu kabi formatda Putin bilan uçraşgan Tramp ham muzokaralar borasida fikr bildirdi. U Jyenevadagi sammitdan Vaşington heç narsa yutmagani, Rossiya, esa aksinça yutuqli holatda ekanini aytdi. «Biz Rossiyaga yuqori tribuna taqdim etdik. Evaziga heç narsa olmadik. Men öylaymanki bu Rossiya uçun yaxşi kun böldi. Ammo biz bundan nimadir yutdik deya olmayman», degan u. 

Turli naşrlar ham Putin va Baydenning uçraşuviga ta'rif bermoqda. New York Times uçraşuvga şunday ta'rif bergan: «Keçir. Bayden, lekin Putinga umuman farqi yöq». New York Times'dagi maqolada yozilişiça, Putin Baydendan umuman qörqmaydi va şu sabab har qanday mavzudagi uçraşuvda qatnaşişga rozi bölgan. Muallifning fikriça, bunday uçraşuvlar Putinning reytingini tuşirmaydi va maşhurligiga maşhurlik qöşadi. Uning qöşimça qilişiça, Amerika prezidentlari oldingidek katta odamlar emas. Hatto Rossiyadagi liberallar ham Yugoslaviyadagi bombardimonlar, Iroq uruşi, WikiLeaks'da ma'lumotlar sizib çiqişi va nihoyat Trampning özini tutişidan keyin AQŞ prezidentlarini jiddiy qabul qilmay qöyişgan. Şu sababli Putin ular bilan uçraşuvga boriş uçun nima bilandir tavakkal qilmaydi va Amerika prezidentlari Putin bilan uçraşuvda «devorga gapirganlari» qoladi.

Guardian esa Putin Navalniy zaharlangani, Qrim egallangani, Skripallar zaharlangani, Lukaşenkoni qöllaganiga qaramay ğarb bilan bemalol aloqa qilayotganiga e'tibor qaratgan. «Şunaqa «guldasta» bilan ham Putin uçraşuvda ustunlik qildi. Qaytanga Bayden juda ehtiyotkor böldi va Trampning Xelsinkidagi xatosini takrorlamaslikka harakat qildi», deb yozgan naşr.

Putin bilan Kreml puli safida Jyenevaga borgan va sammit haqida reportajlar tayyorlagan «Kommersant'» gazetasi jurnalisti Andrey Kolesnikovning aytişiça, Putin uçraşuvdan xursand bölgan, hatto heç qayerda keltirilmagan ma'lumotlarni aytgan. Naşrda Putinning uşbu gaplari keltirilgan: «Şundan keyin (Bayden uni qotil deb atagaç) prezident Bayden menga telefon qildi. Biz gaplaşib oldik, uning izohi meni qoniqtirdi. U uçraşuvga taklif qildi va men rozi böldim. Yana bir bor amin böldimki, Bayden tajribali odam ekan».

AQŞda respublikaçilar Baydenning uçraşuvdagi harakatlarini tanqid qilişdi. Ularga köra, Bayden Putinga nisbatan haddan taşqari yumşoqlik qilib, past ketgan. Şuningdek, «Şimoliy oqim-2» gaz tranzitining qurilişiga qarşilik qilmagani Baydenning Putinga sovğasi bölgani qayd etilgan. Biroq demokrat prezidentni respublikaçilar tanqid qilişi tabiiy holat, doim şunday böladi. Demokratlar Baydenning çiqişidan rozi, ular prezident kerakli sözlarni aytdi deb hisoblaşadi.

Yangi Rossiya va yangi Amerika

Jyeneva sammitiga har ikki yetakçi yangiça yönalişga ötgan mamlakat prezidentlari sifatida yetib borişdi. Baydenning maqsadi aniq: uning Amerikasida demokratiya eng oliy tuşunça böladi, hamma bilan muloqot qilinadi, dunyo yetakçisi nomi qaytib olinadi. Rossiya esa butunlay boşqaça mamlakat sifatida Putin tomonidan qayta qurilmoqda. Endi Rossiya ğarb bilan hisoblaşmoqçi emasligini, söz erkinligi, inson huquqlari töğrisidagi da'volarni oçiqçasiga e'tiborsiz qoldirişini, muxolifatga qarşi yanada qattiqroq kuraşişini ma'lum qilmoqda. Putin bejiz uçraşuvdan avval Navalniyning taşkilotini ekstremistik deb e'lon qilmadi va bejiz bunday taşkilotlar saylovda qatnaşa olmasligini tasdiqlovçi qonunga qöl qöymadi. Bularning barçasi Navalniyning tuğilgan kunida sodir bölgani esa «Janob Bayden, Navalniy haqida gapirib, mening boşimni qotirmang», degani edi.

Sammit davomida OAV vakillari, bir muddat Bayden ham Putinni muxolifatga bölgan munosabatlar uçun qizartirişga harakat qilişdi, lekin gapga çeçan Putin doimgiday savol berganlarning özini «tupikka tiqib» vaziyatdan çiqib ketdi. Tuşungan tuşundi – Rossiya endi muxolifat haqidagi e'tirozlarni öylab ham körmoqçi emas, allaqaçon özini alohida dunyo sifatida qaray boşlagan. Oldin Rossiya dunyoga özida hammasi joyida ekanini uqtirişga çirangan bölsa, yangi Rossiya heç kimga hisob bermay, faqat özi töğri deb bilgan yöldan yurmoqçi. Bunday Rossiya bilan liberal munosabatlar ham çeklangan körinişda böladi: ya'ni, umumiy duşmanga qarşi kuraşiş (agar bölsa), Rossiya bilan töqnaş keliş mumkin bölgan mojarodan qoçiş.

Yangi dunyo?

Albatta, bu uçraşuv dunyodagi muvozanatni ham özgartiradi. Masalan, köpçilik Bayden kelgaç, Amerika Xitoy bilan ovora bölib, Rossiya çekkada qolib ketadi deb öylagandi, ammo köryapmizki, u kelganidan buyon xalqaro siyosatda asosan Rossiya bilan maşğul bölmoqda, hali Xitoy prezidenti bilan uçraşgani ham yöq. Xitoyni tiyib turişni Amerikadagi barça prezidentlar administratsiyalari öz oldiga vazifa qilib qöyadi. Buni Rossiyani Ğarbning bir qismiga aylantiriş orqali qilişmoqçi edi, lekin öxşamadi. Endi Rossiyani özi xohlaganiça qoldirib, Xitoy bilan boşqaça kuraşiş kerak böladi.

Şunisi aniqki, endi Xitoy Amerika uçun Trampning şaxsiy ğarazi bölgan «koronadavlat» emas, haqiqiy raqobatçi sifatida qaraladi. Öz navbatida, Rossiya va AQŞning qaraşlari özgargan bir holatda dunyodagi boşqa davlatlar ham öz taşqi siyosatini yana bir körib çiqadi.

Şu tariqa, Putin va Baydenning gaplaşib olgani dunyo siyosatiga jiddiy ta'sir qiladi. Töğri, bu uçraşuvdan keyin qandaydir keskin özgariş bölmasligi mumkin, biroq uning ta'siri bir neça yillik muvozanatda seziladi. Jo Bayden Putin bilan uçraşgan beşinçi Amerika prezidenti sifatida hozirça u bilan Jorj Buşdan keyin eng yaxşi kelişayotgan yetakçi bölib turibdi. Bu esa kamida dunyodagi ikki eng katta harbiy derjava uruşmaydi degani.

Ötkir Jalolxonov tayyorladi.