«Paxtakor» öz futbolçilariga va personaliga tölagan maoşlar haqida ma'lumot çiqdi. Derdiyöq, Çeran yoki Krimets (men yana Maşaripovning olgan maoşi bilan qiziqdim) kabi alohida raqamlarni olmasak ham, «Paxtakor»ning örtaça futbolçisi oladigan maoş oyiga 50-60 million sömni taşkil qilmoqda. Yaxşi yaşaş uçun yetarli, lekin yaxşi yaşaşga haqli bölgan juda köp foydali kasblarga nisbatan sezilarli darajada köp, şunday emasmi?

Ikki xil oylik bor: budjet va xususiy sektor. Xalq ta'limi yoki soğlomlaştiriş davlatning, boşqaça aytganda, soliq tölovçilarning böynida, şuning uçun vraç yoki öqituvçining maoşini budjet tölaydi. Buni bilamiz. Şifokor yoki öqituvçining xalqqa keltirayotgan nafi qöl bilan uşlab bölmaydigan darajada, qandaydir foyda yoki zarar ölçoviga kiritib bölmaydi. Davlat adolat va insof doirasida şu va yana boşqa budjet sohalariga maoş belgilaydi. Rozimiz.

Keyingi xususiy sohada esa, oylikni korxona rahbari belgilaydi. Oylik miqdori albatta, öşa korxonaning daromadiga töğridan töğri boğliq bölişi şart.

Tasavvur qiling, siz bir işlab çiqariş korxonasi rahbarisiz. Ön işçingiz bilan bir oyda 10 millionlik mahsulot işlab çiqarasiz va uni sotasiz. 10 millionga. Endi, öşa ön nafar işçining har biriga 2 milliondan oylik bera olasizmi? Ya'ni bir oyda maoş uçun 20 million sarflaşingizga töğri keladi. Har oy 10 million daromad, 20 million maoş. Agar siz mana şu tarzda işlasangiz, tez kunda bankrot bölasiz. Demak, xususiy sektordagi maoşlar korxona rentabelligiga boğliq böladi.

Endi savol tuğiladi, futbol sohasida, futbolçilar qaysi sohaga kiradilar? Budjetmi yoki xöjalik sektori? Agar budjet bölsa, futbolçining bir yildagi mehnati öqituvçi yoki vraçnikidan ön barobar köp bölişi aqlga siğadimi?

Agar xöjalik sektori deb qabul qilsak, futbol klublarimiz futbolçilarga oyiga 50 million söm maoş tölay oladigan qadar daromad qila olyaptilarmi?

Sportçilarning oddiy xalqdan köra köproq pul topişini oddiy qabul qilişimizning sababi aslida, noörin taqqoslaşdan kelib çiqadi. Bu haqda jiddiy öylab körmaganimizning ham sababi şu yerda. Hamma yerda şunaqa, deb Yevropadagi futbolçilarning aql bovar qilmas maoşlari haqida öylab qolamiz va hammasi normal deb ketaveramiz. Hatto futbolçilarimizning saviyasi tanqid ostiga olinganda, ba'zi «futbolni yaxşi tuşunadigan» mutaxassislarimiz yevropalik futbolçilar daromadini peş qilganini va  Messidan ming barobar kam oylik olayotgan futbolçilarimiz saviyasi Messidan sezilarli past bölişini normal baholaganini eşitganman.

Rostdan ham Kriştianu Ronaldu bir haftada oliy ligamizda töp surayotgan öşa 500ga yaqin futbolçilarning bir oyda topadigan jami daromadidan köp maoş oladi. Farq, dahşat-a? Terma jamoamizning omadi kelib qolsa, öşa Ronaldu töp suradigan Portugaliya bilan 0:0 öynab qöyişi ham mumkin. Şuni nazarda tutsak, futbolçilarimiz ança kam pul topayotganga öxşab qoladi. Va öşa 50 million haqida gapirganda, Ronaldu bilan soliştiramiz, öqituvçi bilan emas. Xöp, deb ketaveramiz. Öqituvçi böliş oson, yaxşi futbolçi böliş oson emas. Iqtidor kerak.