Qayd etilişiça, sönggi kunlarda “Aqlvoy” telekanali orqali namoyiş etilgan “Şahrizoda. Aytilmagan hikoyalar” va “Art-Odissey” mulseriallaridagi 2ta lavha keng jamoatçilik orasida katta muhokamaga sabab böldi.
⠀
“Afsus bilan şuni tan olamizki, bolalarda yangilikka intiliş, ularni jahon madaniy merosi bilan taniştiriş, atrof-muhitni örganişga qiziqiş uyğotişga qaratilgan kontent tanlanganiga qaramay, uning içida kiçik yoşdagi bolalar uçun noma'qul bölgan sahnalar inson omili sabab efirga uzatilgan.
⠀
Şuni ma'lum qilamizki, “Aqlvoy” telekanali har jihatdan hali juda yoş va joriy yilning 22 martidan boşlab test rejimida efirga uzatib borilmoqda. Tom ma'noda kanalimiz endi oyoqqa turmoqda. Yöl qöyilgan xatolar, albatta, kanalimizning kelgusida ehtiyotkorlikka amal qilişiga, uning yanada yaxşilanişi, qiziqarli va foydali bölişiga turtki böladi.
⠀
Uşbu yöl qöyilgan xato böyiça butun kanal ijodkorlari kerakli tanbehni oldi. Ular yana bir bor Özbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning soğliğiga ziyon yetkazuvçi axborotlardan himoya qiliş” töğrisidagi qonun talablari bilan taniştirib çiqildi va uşbu qonunbuziliş holatlarida intizomiy jazo qöllanişi haqida ogohlantirildi”, deyiladi ma'lumotda.
Ta'kidlanişiça, kontent nazorati kuçaytirilişi uçun telekanalga qöşimça xodim işga olinadi.
⠀
Kelajakda yuqoridagi kabi xatolarga yöl qöymaslik uçun dublyaj bilan şuğullanayotgan kompaniyalar bilan qöşimça kelişuvlar amalga oşirilgan.
“Endi ularga ma'naviyatimizga zid bölgan lavhalar haqida ma'lumot berib turiş majburiyati topşiriladi”, deyiladi telekanal izohida.

















