Liviya sobiq yetakçisi Muammor Qazzofiyning samolyoti sakkiz yildan söng mamlakatga qaytarildi. U bu vaqt davomida texnik xizmat körsatişda böldi, deb yozadi Libya Observer naşri.

Airbus (A340-213) samolyoti 2012 yil avgustdan buyon Fransiyada edi, qaytarişdan oldin esa Turkiyaga jönatildi – bu yerda texnik xizmat körsatişning yakuniy bosqiçi amalga oşirildi.

Layner 20 iyun kuni Liviyaga qaytarildi. Mamlakat boş vaziri Abdulhamid Bdeybaning sözlariga köra, Qazzofiy hukumati ağdarilganidan söng Fransiya moliyaviy va ma'muriy muammolarni rökaç qilib, samolyotni olib qöygan. Endilikda Liviya hukumati texnik xizmat haqini töliq tölagan.

Dbeyba samolyotning qaytarilişi Liviya suvereniteti uçun muhimligini ta'kidladi hamda yana 15ta musodara qilingan kemani ham qaytarişga va'da berdi.