Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida Nexia-3 röparasidan kelayotgan yuk maşinasi bilan töqnaşib, yonib ketgan.. Oqibatda uning haydovçisi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 20 iyun kuni soat 4:30larda Muzrabot tumani «Sopollitepa» mahallasi hududidan ötuvçi mahalliy ahamiyatga ega 4K 626 avtomobil yölining 30-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi röy bergan.
«Sopollitepa» mahallasida yaşovçi 1998 yilda tuğilgan B.R. öz boşqaruvidagi davlat raqami bölmagan Nexia-3 avtomaşinasi bilan «Navbahor-Qönğirot» yönalişi böylab xarakatlanib borib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan.
Söng, röparadan xarakatlanib kelayotgan O‘.D. boşqaruvida bölgan «CHACMAN» rusumli yuk maşinasining yöliga çiqib ketib, töqnaşuv sodir etgan. Oqibatda Nexia-3 maşinasida yonğin çiqqan va uning haydovçisi voqea joyida vafot etgan. Şuningdek, yonğin tufayli Nexia-3 jiddiy şikastlangan.
Qayd etilişiça, mazkur hodisa yuzasidan Muzrabot tumani IIB YHXB tomonidan suriştiruv ötkazilmoqda.












