Elita sholi yetishtirish uchun hudud ajratish tanlov asosida amalga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasi Superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik sholi yetishtirish uchun urug‘chilik xo‘jaliklarini tanlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi.
Hujjat prezidentning "Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021 yil 2 fevraldagi PQ-4973-son qarori bilan qo‘yilgan vazifalarni ijro etish doirasida qabul qilingan.
Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik sholi yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun talabgorlardan hujjatlarni qabul qilib olish tartibi;
- urug‘lik sholi yetishtiruvchi talabgorlar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi va muddatlari, shu jumladan, superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik sholi yetishtirish huquqini olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish hamda uning yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilish;
- urug‘lik sholi yetishtirish huquqiga ega bo‘lgan sub'yektlarning hujjatlarini yuritish;
- urug‘lik sholi yetishtiruvchilarning vazifalari, shuningdek, ushbu talablar urug‘lik sholi yetishtirish huquqiga ega bo‘lgan sub'yektlar tomonidan bajarilmasligi oqibatlari.
Urug‘lik sholi yetishtirish uchun tanlov fermer xo‘jaliklari, sholichilik klasterlari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida o‘tkaziladi. Sholi maydonlari hamda ekiladigan navlari va yetishtiriladigan urug‘lik sholi hajmlari urug‘lik yetishtiruvchilar takliflaridan kelib chiqib tuman hokimliklari va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalarining buyurtmanomasiga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Urug‘lik sholi yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun tadbirkorlik sub'yektlari tuman hokimliklari huzuridagi hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari boshchiligida tuzilgan maxsus ishchi guruhlariga murojaat qiladilar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 19.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 08:11
-
Ukraina 2024 yilda 9 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ ishlab chiqardi
Jahon | 08:09
-
Yevropa Trampni Ukrainaga xavfsizlik kafolati berishga ko‘ndirish rejasini tayyorlamoqda - Bloomberg
Jahon | 08:03
-
«Ramshtayn»: Ukraina 21 mlrd yevrolik harbiy yordam oladi
Jahon | 08:01
Mavzuga oid

14:21 / 20.02.2025
Xorazm viloyati sholi yetishtiruvchilari qo‘shimcha subsidiyalar oladi

21:11 / 19.01.2025
Xorazmda 10 gektar yerni 250 mln so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi

16:26 / 16.10.2024
Xorazmda yana reyderlik. Sholikorlar hosilini tortib olish ommaviy tus olganmi?

20:17 / 16.08.2024