Soğliqni saqlaş vazirligi va qator manfaatdor taşkilotlar taklifiga köra, Respublika maxsus komissiyasi Afğonistonda koronavirus infeksiyasi bilan boğliq epidemiologik vaziyat keskinlaşayotganini inobatga olib, özbek-afğon davlat çegarasi orqali fuqarolarning harakatlanişini vaqtinça töxtatişga qaror qildi.

Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, şu bilan birga, Afğoniston fuqarolariga turistik vizalar berişni hamda turistik firmalardan viza talabnomalarini qabul qiliş vaqtinça töxtatiladi.

Bunda “Termiz-avtoyöl” çegara ötkaziş punkti orqali quyidagi toifadagi fuqarolar va transport vositalarining harakatlanişiga ruxsat beriladi:

  • diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalar va xalqaro taşkilotlar xodimlari hamda ularning oila a'zolariga;
  • xalqaro yuk taşiş bilan şuğullanuvçi haydovçilarga;
  • öz yurtiga qaytayotgan Özbekiston va Afğoniston fuqarolariga.

Şuningdek, “Termiz-avtoyöl” çegara ötkaziş punkti orqali Özbekistonga kirib kelayotgan şaxslar tomonidan ötkaziş punktida faoliyat yuritayotgan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekşiruvi orqali manfiy natija qayd etilgan taqdirda Özbekiston hududiga kiritiladi. 

Koronavirus infeksiyasiga musbat natija aniqlangan Özbekiston fuqarolari esa tegişli hududda joylaşgan maxsus klinikalarga davolaş uçun yuboriladi.

Koronavirus infeksiyasiga musbat natija aniqlangan çet el fuqarolari esa Özbekiston hududiga kiritilmaydi.

Bundan taşqari, sinov tariqasida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Özbekiston çegara ötkaziş punktlari orqali kirib kelgan barça şaxslardan, respublika hududiga kirib kelganlaridan söng 7-kuniga qadar koronavirus infeksiyasiga polimer zanjirli reaksiya tekşiruvini ötkaziş va bunda test xarajatlarini davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplaş tizimi joriy etiladi.

  • Afğonistonda iyun oyi boşidan epidemiologik vaziyat yomonlaşa boşlagan. May oyi örtalarida kuniga 300-400tadan kasallaniş holati aniqlangan bölsa, may oyi oxirida kunlik körsatkiçlar 1000dan oşgan, 17 iyun kuniga kelib pandemiya boşidan buyon rekord körsatkiç qayd etilgan - 2313 holat. Şuningdek, kunlik ölim holatlari ham ösmoqda. 17 iyun kuni 100dan ortiq ölim holati qayd etilgan, keyingi kunlarda ham bu raqam 100ga yaqinni taşkil etmoqda. Bungaça kunlik ölimlar soni böyiça eng yuqori körsatkiç 2020 yil iyulida qayd etilgandi - 46 holat.