Yevro-2020. C guruhi
Ukraina — Avstriya — 0:1 (0:1)
Gol: Baumgartner, 21.
Ukraina: Buşçan, Karavayev, Zinçenko, Matviyenko, Mikolenko (Besedin, 85), Zabarnyy, Sidorçuk, Malinovskiy (Tsigankov, 46), Şaparenko (Marlos, 68), Yarmolenko, Yaremçuk.
Avstriya: Bahmann, Dragoviç, Alaba, Hinteregger, Layner, Zabitser, Laymer (Ilzanker, 72), Grilliç, K.Şlager, Baumgartner (Şepf, 33), Arnautoviç (Kalayjiç, 90).
Hakamlar: Junayt Çaqir. Bahattin Duran, Tariq Öngun (barçasi — Turkiya).
VAR: Irrati (Italiya). Prieto Lopes de Serain, Sançes Martines, Martines Munuera (barçasi — Ispaniya).
21 iyun. Buxarest. «Milliy» stadioni.
Öyin arafasida köplab naşrlar bu öyinda kelişuv bölişi mumkinligi haqidagi fitna nazariyalarini yoza boşlaşdi, bukmekerlik idoralarida esa sönggi kunlarda Ukraina — Avstriya uçraşuvida durang natija qayd etilişiga behisob stavkalar qabul qilindi. Albatta, durang ikki jamoani ham qoniqtirardi — bu holatda ikki jamoa ham törttadan oçko jamğargan bölardi va bu pley-offga çiqiş uçun yetarli edi. Ammo murabbiylar va futbolçilar boşqaça fikrda edi. Andrey Şevçenko esa jurnalistning şu boradagi savolidan jahl otiga mindi: «Bunday gaplarni bas qiliş kerak. Bu notöğri. Nazariy jihatdan durang bizni qoniqtiradi, ammo bunday fikr bilan öyinga çiqsang, heç qaçon közlangan natijaga erişa olmaysan».
Hozirgi vaziyatdan kelib çiqib kimlardir Ukraina avvalboşdan avstriyaliklarni yutişni istamagan deb öylaşi mumkin. Bunda mantiq ham bor: 3-tur öyinlari boşlangaç, S guruhining ikkinçi vakili 1/8 finalda A guruhida 100 foizlik natija körsatgan, bu Yevroga boşqaça iştiyoq bilan taşrif buyurgan Italiya bilan öynaşi ma'lum böldi. Ukraina va Avstriya bahsida esa aynan ikkinçi örin masalasi hal qilindi, ukrainlarni durang natija qoniqtirgan bölardi.
Ammo, aytiş kerakki, Ukraina yutqaziş uçun öynamagan. Bu axloqiy tomondan ham töğri kelmasdi, amalda ham : uç oçko bilan uçinçi örinni egallaş 1/8 final yöllanmasini kafolatlamasdi. Ha, bu orqali Italiyaga duç kelişdan qoçiş mumkin, şu bilan birgalikda pley-offsiz qoliş ehtimoli yuqori edi. Qolaversa, S guruhining uçinçi vakili yoki Ye guruhi yetakçisiga yoki F guruhida (Fransiya yoki Germaniya) birinçi bölgan jamoaga raqib böladi.
Lekin bular Ukraina birinçi bölimni juda yomon ötkazganini inkor eta olmaydi. Aytiş mumkinki, bu uşbu çempionatda bir jamoa tomonidan ötkazilgan eng yomon 45 daqiqalik böldi. Zarbalar böyiça 1:13, burçak zarbalari böyiça 2:8 va Şevçenko jamoasi juda köp marta töp oldirdi — 21. Taqqoslaş uçun: Niderlandiyaga qarşi butun öyin davomida 23 bor töp yöqotilgandi.
















