Ta'kidlanişiça, Özbekistonda qöşni mamlakatda zöravonlikning ortişi çuqur xavotir uyğotmoqda. Koronavirus pandemiyasi yangi tölqini şaroitida keskinlikning kuçayişi afğon xalqi hayotini yanada murakkablaştirmoqda.
“Ixtilofga aloqador barça tomonlarni kuç işlatişdan tiyilişga hamda tinç aholi orasida qurbonlar kelib çiqişiga yöl qöymaslikka çaqiramiz.
2021 yilning 23 iyun kuni 53 nafar afğon çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari va mahalliy qurolli guruhlar Şörtepa tumani hududidan Özbekistonga ötdi.
Zaruriy suriştiruv va tergov tadbirlari ötkazilganidan söng uşbu afğon fuqarolari vataniga qaytarildi”, deyiladi bayonotda.
Bildirilişiça, Özbekiston hududiga noqonuniy kirişga qilingan har qanday urinişlar qat'iy bartaraf etiladi, davlat çegarasini buzganlarga esa eng keskin çoralar köriladi.
“Özbekiston tomoni Afğoniston bilan an'anaviy döstona va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini asraş, betaraflikni saqlaş hamda qöşni mamlakat içki işlariga aralaşmaslik tarafdori ekanligini qat'iy ma'lum qiladi.
Özbekiston hukumati birodar afğon xalqini har tomonlama iqtisodiy va gumanitar yordam körsatiş, jumladan, mamlakatda mustahkam va keng qamrovli tinçlik örnatilişiga xizmat qiladigan yirik energetika va transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oşiriş orqali kömak berişda davom etadi”, deya yakunlangan bayonot.












