O‘zbekiston | 07:41 / 24.06.2021
1795
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 33-35 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid