23 iyun kuni Brent rusumidagi neft narxi 2018 yil sentyabrdan buyon birinçi marta bir barreli uçun 76 dollarga yetdi. 

Bu oxirgi kunlarda qayd etilgan navbatdagi rekord hisoblanadi: 22 iyun kuni Brent narxi 2019 yil may oyidan buyon ilk bor bir barreli 73 dollarga kötarilgandi.

WTI rusumidagi neft narxi ham kötarildi, kun davomida uning bir barreli 74,21 dollargaça baholandi.

Yirik neft kompaniyalari rahbarlari talab va taklif örtasidagi farq bois neftning bir barreli narxi 100 dollargaça yetişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Avvalroq Bank of America tahlilçilari ana şunday taxmin bildirgandi.