Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz şahri va Muborak tumanida yaşovçi ikki nafar yigit dehqonobodlik ikki qizning fotoşop qilingan suratini internetda tarqatib yuboriş bilan qörqitib, pul talab qilgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Şahrisabz şahri va Muborak tumanida yaşovçi ikki yigit dehqonobodlik ikki nafar qiz bilan Telegram’da tanişib, ularning rasmlarini olişgan. Söng rasmlarni fotoşopda qayta işlab, uyatsiz körinişga keltirişgan. Keyin ularni internetda tarqatişlarini aytib, qizlarni qörqitişgan. Bu işni qilmaslik evaziga esa pul söraşgan.

Qayd etilişiça, qizlar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, mazkur holat haqida xabar bergan. Tuman IIB xodimlari tergovga qadar tekşiruv harakatlarini olib borgan hamda tez orada gumondor yigitlar qölga olingan.

Mazkur işni körib çiqqan Jinoyat işlari böyiça Nişon tuman sudi sudlanuvçilarni Ma'muriy kodeksning 46-moddasi (şaxsiy hayot daxlsizligini buziş) hamda 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ayblab, ularning har biriga 15 sutkadan ma'muriy qamoq jazosi tayinlagan. Şuningdek, sudlanuvçilar qamoqda ötirgan har bir sutka uçun BHMning 15 foizi miqdorida jarima tölaşi belgilangan.