Samarqand şahrida ikki nafar şaxs boşqa bir fuqaroga tayziq ötkazib, holatni videotasvirga olgan. Söng videoni TikTok’da tarqatmaslik uçun jabrlanuvçidan 5 million söm söraşgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yilning 8 aprel kuni 25 yoşli M. Maqsud Samarqand şahri böyiça IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatda 5 aprel kuni 26 yoşli U. Muhiddin uni aldov yöli bilan Samarqand tumani Bözi mahallasi hududidagi qarovsiz joyga olib borib, u yerda öziga tazyiq ötkazganini ma'lum qilgan.

Bundan taşqari, U.Muhiddin narxi 2,2 million sömlik Samsung S-20A, 1,5 million sömlik Samsung telefon apparatlarini hamda 200 AQŞ dollari va 112 ming söm pulni talonçilik bilan olgan. Uşbu holatni 25 yoşli B. Şerzod videotasvirga olib, uni TikTok’da tarqatib, şarmanda qiliş bilan qörqitgan.

Söng ikki dona telefon apparatini qaytarib olişi uçun 5 million söm pul berişini talab qilişgan.

8 aprel kuni Samarqand şahri Kaftarxona mahallasi hududida U. Muhiddin va B. Şerzod M. Maqsuddan tovlamaçilik yöli bilan 400 AQŞ dollarini olayotgan vaqtda huquqni himoya qiliş organlari xodimlari tomonidan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand şahri böyiça IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan U.Muhiddin va B.Şerzodga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (Tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Qayd etilişiça, tergov harakatlari jarayonida aniqlanişiça, jabrlanuvçi M.Maqsud U.Muhiddin ofitsiant bölib işlagan restoranda ovqatlanib, 1 million sömni tölamasdan ketib qolgan. Şu sababli işdan böşatilgan U.Muhiddin qasd oliş maqsadida uşbu jinoyatni sodir etgani aniqlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.