Toşkentdagi «Salar» oqova suv tozalaş inşooti faoliyatini örganiş uçun boş vazir örinbosari Behzod Musayev boşçiligida Hukumat komissiyasi taşkil etildi. «Salar» oqova suv tozalaş inşooti va «Salar» kanali böyida joylaşgan korxonalarni Toşkent viloyatiga köçiriş rejalaştirilgan.

Komissiya joriy yilning 10 iyuliga qadar:

  • «Salar» oqova suv tozalaş inşooti va «Salar» kanali böyida joylaşgan yuridik va jismoniy şaxslarning belgilangan me'yorlarga muvofiq oqova suv inşootiga ulanganligi hamda işlab çiqariş jarayonida hosil böladigan çiqindilarni taşlaş böyiça normalarga amal qiliş holati;
  • hududdagi korxonalar tegişli ekologik hamda sanitariya qoidalariga mos ravişda faoliyat yuritayotganligini örganiş va tahlil qiliş;
  • «Salar» oqova suv tozalaş inşootining faoliyati belgilangan talablarga muvofiqligi, şu jumladan, uni modernizatsiya qiliş orqali saqlab qoliş yoki aholi yaşaş punktiga yaqin bölmagan boşqa hududga köçiriş masalasini örganib çiqiş;
  • «Salar» oqova suv tozalaş inşooti va «Salar» kanali böyida joylaşgan va belgilangan normalarga rioya qilmagan holda işlab çiqariş çiqindilarini oqova suv tarmoğiga taşlayotgan korxonalarni Toşkent viloyatining Olmaliq şahri va Ohangaron tumani hududidan zarur yer uçastkasi ajratgan holda köçiriş böyiça takliflar tayyorlaydi.

«Toşkent şahar suv ta'minot» MÇJ matbuot xizmati Kun.uz’ga bergan ma'lumotiga köra, mazkur hududda faoliyat yurituvçi terini qayta işlovçi korxonalar va hayvonlar söyiladigan kuşxonalar kun davomida yiqqan çiqindi aralaş suvlarini «Salar» inşootiga taşlaşgan va hozirda ularning faoliyati töxtatildi.

«Eng açinarlisi, sanoatda qöllanuvçi öta kuçli kimyoviy aralaşmalar inşootda suvni tozalaş jarayonidagi biologik miroorganizmlarni öldirib qöygan va bu inşoot faoliyatiga yetkazilgan eng katta zarar hisoblanadi.

Hozirda inşoot atrofidagi korxonalar faoliyati vaqtinça töxtatildi. Şahar içidagi bunday korxonalar esa hamon oqova suvlarini tozalamay, inşootga taşlamoqdalar», deyiladi ma'lumotda.

Avvalroq, «Salar» töyintiriş inşootiga turli korxona va taşkilotlar tomonidan oqova suvlar va çiqindilar oqizilişi oqibatida çiqayotgan badböy hid atrofda yaşaydigan aholining noroziligiga sabab böldi.