Soğliqni saqlaş vazirligi Toşkent şahrida kuçli ta'sir qiluvçi dori vositalarini noqonuniy sotgan dorixonalarga qarşi qat'iy çoralar körilayotgani haqida ma'lum qildi.

«Şunday dori vositalari borki, agar ular şifokor tavsiyasisiz iste'mol qilinsa, inson hayotiga jiddiy xavf tuğdiradi. Xususan, kuçli ta'sir qiluvçi preparatlarni notöğri qöllaş tufayli uşbu farmatsevtik mahsulotlarga qaram bölib qoliş yoki narkologik kasalliklarga yöliqiş mumkin. Katta hayot ostonasida turgan ösmir yigit-qizlar orasida bu kabi zararli odatlar uçrayotgani ota-onalarni, xalqimiz salomatligiga befarq bölmagan har bir fuqaroni taşvişga solişi şubhasiz.

Axir, ularning bunday xatarli yölga qadam qöyişi yaqinlari, mahalla-köy va ta'lim dargohlari uçun ham qaltis oqibatlarga olib kelişi turgan gap.

Afsuski, oramizda uşbu moddalar inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazişini bila turib, yoşlar orasida kuçli ta'sir qiluvçi va sifati kafolatlanmagan bu dori vositalarini sotişga urinayotgan kimsalar va dorixona egalari borligi açinarlidir», deyiladi SSV xabarida.

Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi Toşkent şahar bölimi rahbari Uluğbek Jumaniyozov tarkibida kuçli ta'sir qiluvçi moddalar mavjud bölgan dori vositalari faqat retsept asosida ijtimoiy dorixonalar tomonidan sotilişi belgilanganini qayd etib ötgan.

«Ma'lumki, 2019 yil 6 sentyabrda prezidentimizning «Dori vositalari noqonuniy aylanişining oldini oliş çoralarini kuçaytiriş töğrisida»gi qarori qabul qilingan. Unga köra, 2019 yil 1 dekabrdan boşlab tarkibida kuçli ta'sir qiluvçi moddalar mavjud bölgan dori vositalarining çakana realizatsiyasi (berilişi) faqat ijtimoiy dorixonalar, şuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlaş va realizatsiya qiliş (beriş) faoliyatiga litsenziyasi bölgan dorixonalar tomonidan amalga oşirilişi belgilangan.

Biroq afsuski, örnatilgan uşbu tartibga qaramay, bugungi kunda retsepsiz berilmaydigan, faqat ruxsatnomasi bor dorixonalardagina sotiluvçi bu dorilar turli noqonuniy yöllar bilan yoşlarimiz qöliga borib qolmoqda», deydi u.

Aslida kuçli ta'sir qiluvçi dori vositalari aholi soni va kasallaniş darajasining uç yillik statistikasiga qarab, eksport qilinadi. Masalan, köz kasalliklari şifoxonalarida diagnostika qiliş va boşqa muolajalarda işlatiladigan «Tropikamid» dori vositasi ijtimoiy dorixonalarga qat'iy belgilangan miqdorda olib kelinadi va bemorlarga faqatgina retsept asosida beriladi. Köça-köyda va ayrim dorixonalarda noqonuniy sotilayotgan kuçli ta'sir qiluvçi dori vositalari yurtimizga kontrabanda usulida olib kiriladi va sotilmoqda.