Har bir mamlakatning taraqqiyotini, kelajagini bilimli va aqlli odamlar ta'minlaydi. Barça sohalarda öz oldiga katta maqsadlar qöygan Özbekistonda ta'lim sifatiga, bilimli kadrlarni tarbiyalaşga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda.
Barça hududlarda Prezident maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablar taşkil etildi. Bu yoşlarning bilim va salohiyatini aniqlaş, ularni töğri yönaltiriş bilan birga xalqimiz orasida katta intiliş tölqinini ham paydo qildi.
Davlat rahbari bilimli yoşlarni mamlakatimizning “oltin fondi” deb atagan edi. Bu yil ana şunday yoşlarning yangi avlodi maktablarni bitirmoqda. Endi ularni yurtimizda öqitiş, yoşlar uçun eng zamonaviy şaroitlar yaratiş maqsadida Prezidentimiz taşabbusi bilan Yangi Özbekiston universitetiga asos solinmoqda.
Bu universitet davlat oliy ta'lim muassasasi şaklida taşkil etiladi. Uning asosiy vazifalari – nufuzli xorijiy öquv yurtlarining ta'lim dasturlari asosida yuksak kasbiy bilim va malakalarga ega bölgan istiqbolli kadrlar tayyorlaş, talabalarning intellektual qobiliyatini rivojlantiriş, buning uçun har tomonlama qulay muhitni şakllantirişdir.
Şu maqsadda yangi universitetda ta'lim jarayoni dunyoning eng nufuzli oliy öquv yurtlari bilan hamkorlikda taşkil etiladi. Masalan, Kembrij universiteti qabul imtihonlarini ötkazadi. Massaçusets texnologiya instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan birgalikda öquv reja va dasturlar işlab çiqiladi. Şuningdek, ular ta'lim sifatini nazorat qiliş, laboratoriya va kutubxonalarni töldirişga kömaklaşadi.
Universitetda 5ta – muhandislik, tabiiy fanlar, boşqaruv, agrotexnologiyalar va axborot texnologiyalari fakultetlari böladi. Darslar özbek va ingliz tillarida olib boriladi. Kredit-modul tizimi joriy etilib, öqiş davlat granti va tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.
Uşbu ta'lim maskanining öquv binosi va kampuslari ham zamonaviy, xalqaro BReEAM sertifikatlariga mos böladi. Ilk öquv yili şu yil sentyabrdan boşlanadi. Yangi bino qurilgunça darslar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining böş binolarida vaqtinçalik ötib turiladi.
Iqtisodiyot tarmoqlaridagi ehtiyojlardan kelib çiqib, ilmiy tadqiqotlar olib boriş, talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etiş ham universitetning asosiy vazifalaridan. Şu maqsadda dunyoning yetakçi universitet va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik yölga qöyiladi, ilmiy jurnal ta'sis etiladi.
Davlatimiz rahbari universitetda qabul va ta'lim jarayonini xalqaro standartlar darajasida taşkil etiş, fan, ta'lim va işlab çiqariş integratsiyasini samarali yölga qöyiş böyiça körsatmalar berdi.

«Universitet talabalari 1-kursdan öz sohasi böyiça iqtisodiyot tarmoqlari va ilmiy markazlarga biriktirilişi kerak. Vazirliklar, nufuzli institut va yirik kompaniyalar universitetning vasiylik kengaşiga kirişi muhim. Ular öz ehtiyojlarini bildirib, ta'lim jarayoniga integratsiyalaşişi, bölğusi mutaxassisga oldindan sarmoya kiritişi zarur», – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident belgilangan çora-tadbirlarni ma'qullab, Yangi Özbekiston universitetini taşkil etişga oid qarorni imzoladi.
Taqdimotda, şuningdek, Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar faoliyatini takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar ham muhokama qilindi.













