Kun.uz sayti 2020 yil 1 iyuldan boşlab kutilayotgan ayrim özgarişlarni eslatib ötadi.
200 va 500 sömlik qoğoz pullar muomaladan çiqariladi
1997 yil namunasidagi 200 sömlik;
1999 yil namunasidagi 500 sömlik banknotlar 2020 yil 1 iyuldan qonuniy tölov vositasi sifatida öz kuçini yöqotadi.
Asos: «Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 sömlik tangalarini, şuningdek, 50, 100, 200 va 500 sömlik banknotlarini ayirboşlaş hamda muomaladan qaytarib oliş tartibi töğrisida»gi nizom.
Özini özi band qilgan şaxslarni röyxatga oliş xabar beriş tartibida amalga oşiriladi, vaqtinçalik mehnat guvohnomalarini beriş tartibi bekor qilinadi
özini özi band qilgan şaxslarni röyxatga oliş xabar beriş tartibida özini özi band qilgan sifatida röyxatdan ötganlikni tasdiqlovçi matritsali ştrix kod (QR-kod) bergan holda maxsus mobil ilova yoxud soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali amalga oşiriladi hamda vaqtinçalik mehnat guvohnomalarini beriş tartibi bekor qilinadi;
özini özi band qilgan şaxslar 2020 yil uçun ijtimoiy soliqni özini özi band qilgan şaxs sifatida haqiqatda işlagan vaqtidan qat'i nazar BHMning kamida 50 foizi hajmida tölaydi hamda uşbu summa töliqligiça budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga yönaltiriladi va undan kelib çiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun örnatilgan tartibda pensiya hisoblaş uçun daromad hajmi aniqlanadi.
Eslatib ötamiz, özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat (işlar, xizmatlar) turlari soni 24tadan 67taga köpaytirilib, ular daromad soliğidan ozod etilmoqda.
Asos: «Tadbirkorlik faoliyati va özini özi band qilişni davlat tomonidan tartibga solişni soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori
Nodavlat (xususiy) muzeylar, badiiy galereyalar va hunarmandçilik markazlari uçun ayrim soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi
Mavzuga oid
2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulga qadar nodavlat (xususiy) muzeylar, badiiy galereyalar va hunarmandçilik markazlarining asosiy faoliyat turi böyiça foyda soliği, mol-mulk va yer soliqlari hamda aylanmadan olinadigan soliq stavkalari belgilangan miqdorga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi.
Asos: «Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuçaytirilgan rejimi talablariga qat'iy rioya qilgan holda rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiliş 6 oyga töxtatiladi
Qonunçilikni tizimlaştiriş va ortiqça huquqiy tartibga solişni kamaytiriş maqsadida 2020 yil 1 iyuldan 2021 yil 1 yanvargaça idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiliş töxtatiladi.
Özgartiriş va qöşimçalar kiritiş hamda öz kuçini yöqotgan deb topiş töğrisidagi, şuningdek, unifikatsiya qilişni nazarda tutuvçi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiliş bundan mustasno.
Asos: «Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni
Yangi tabiiy gaz iste'molçilari (yirik strategik korxonalar bundan mustasno) faqat gaz taqsimlaş tarmoqlariga ulanadi
Bundan taşqari, 1 iyuldan:
«Hududgazta'minot» AJga va magistral gaz uzatiş tizimiga ulangan iste'molçilarga tabiiy gazni töğridan-töğri şartnomalar asosida sotiş funksiyasi «Öztransgaz» AJga yuklanadi;
«Hududgazta'minot» AJ tomonidan keyinçalik gaz taqsimlaş tarmoqlariga ulangan respublika içki iste'molçilariga, şu jumladan aholiga sotiş maqsadida tabiiy gazni uşbu tabiiy gaz magistral gaz uzatiş tizimi orqali yetkazib berilgan taqdirda ― «Öztransgaz» AJdan, şuningdek, töğridan-töğri gaz taqsimlaş tarmoqlariga yetkazib berilgan taqdirda ― tabiiy gaz işlab çiqaruvçilardan oldi-sotdi şartnomalariga asosan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tariflar böyiça sotib olinadi.
Asos: «Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotiş mexanizmini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni
Köp qavatli monolit uy-joylar quriş uçun import qilinadigan beton quyiş qoliplari, beton tayyorlaş maşina va mexanizmlari 3 yillik muddatga bojxona tölovlaridan ozod etiladi
2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulgaça bölgan muddatda köp qavatli monolit uy-joylar quriş uçun belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxatga muvofiq import qilinadigan beton quyiş qoliplari, beton tayyorlaş maşina va mexanizmlari bojxona tölovlaridan (QQS va bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlaridan taşqari) ozod etiladi.
Bundan taşqari, bojxona tölovlarini tölovçilar 2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulgaça bölgan muddatda import qilinadigan, quriliş sohasida foydalaniladigan maşina va mexanizmlar, texnologik jihozlar, kiçik mexanizatsiya vositalari, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovçi buyumlar böyiça bojxona tölovlarini (qöşilgan qiymat soliği va bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlaridan taşqari) 120 kungaça keçiktirib yoki bölib-bölib tölaş huquqiga ega böladi.
Asos: «Hududlarda köp qavatli binolar quriş işlarini jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori
Noşirlik faoliyatini litsenziyalaş hamda matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat beriş tartiblari bekor qilinadi
Noşirlik faoliyatini litsenziyalaş hamda matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat beriş tartiblari bekor qilinib, noşirlik va matbaa faoliyatini boşlagani haqida vakolatli davlat organini xabardor etiş tizimi joriy qilinadi.
Asos: «Noşirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori
Hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan QQS summasining oşib ketişi natijasida hosil bölgan QQS summasining örni qoplanadi
Hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qöşilgan qiymat soliği summasining oşib ketişi natijasida hosil bölgan qöşilgan qiymat soliği summasining örnini qoplaş 2020 yil 1 iyuldan e'tiboran amalga oşiriladi.
Asos: «Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun
Hokimliklar tomonidan qişloq joylarda köp kvartirali uy-joylar qurilişi uçun yer uçastkalari ajratilişining yangiça tartibi belgilandi
Hukumat qaroriga asosan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari tomonidan yer uçastkalari qurilişi rejalaştirilgan uy-joylar böyiça qişloq xöjaligiga möljallangan suğoriladigan yerlar va örmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan hamda aholini majburiy köçiriş xavfi bölmagan taqdirda ajratiladigan böldi.
Asos:«Qişloq joylarda köp kvartirali uy-joylarni qurişda tadbirkorlik sub'yektlarini keng jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori
Mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan referent narx şakllantiriş tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi
Prezident qaroriga köra, uşbu jarayonda:
aholi jon boşiga nisbatan daromadlar darajasi yuqori, örtaçadan yuqoriroq va örtaçadan pastroq bölgan davlatlar guruhiga kiruvçi kamida 10 ta referent mamlakatlar tanlanadi;
dori şakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanişini hisobga olgan holda ayni bir işlab çiqaruvçining xuddi şunday faol moddaga ega dori vositasining işlab çiqaruvçi mamlakatda, referent mamlakatlarda va Özbekiston Respublikasida sotiş narxlarini röyxatdan ötiş guvohnomasi egasi yoki uning işonçli vakili tomonidan röyxatdan ötkazuvçi organga taqdim etiladi;
dori şakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanişini hisobga olgan holda dori vositasining har bir savdo nomi uçun belgilangan eng yuqori narxi qayd etiladi.
Asos: «Özbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmoğida islohotlarni çuqurlaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori
Davlat xizmatlari agentligi Toşkent şahar hokimligi bilan birgalikda Toşkent şahrida eksperiment tariqasida, davlat xizmatlari markazlari binolarida nizolaşuvçi fuqarolarga mediator xizmatidan foydalaniş uçun alohida xonalar ajratilişini ta'minlaydi.
Asos: «Nizolarni muqobil hal etişning mexanizmlarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori (PQ-4754 – 17.06.2020)
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlislarida davlat organlari rahbarlarining öz faoliyati böyiça axborotlari muntazam ravişda eşitib boriladi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlislarida davlat organlari va xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlarining öz faoliyati böyiça, şuningdek, Hukumat a'zolari va tarmoqlar rahbarlarining BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlarini bajariş, ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş borasida olib borilayotgan işlar töğrisidagi axborotlarini muntazam ravişda eşitiş tartibi amaliyotga tatbiq qilinadi.
Ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolatiga ega organlar soni bittaga köpayadi
Quriliş vazirligi huzuridagi Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalar boşliqlariga, huquqbuzarlik faktiga e'tiroz bildirilgan hollarda işni körib çiqiş uçun sudga taqdim etiş tartibini saqlab qolgan holda, şaharsozlik töğrisidagi qonun hujjatlarining buzilişiga oid ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolati beriladi.
Asos: «Quriliş-montaj işlari sifatini tubdan yaxşilaş va qurilişni nazorat qiliş tizimini takomillaştiriş çoralari töğrisida»gi prezident qarori
Loyiha-qidiruv taşkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi
Soliq va statistika hisobotlari ma'lumotlari (iş tajribasi, xodimlar, şu jumladan malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va tölangan soliqlar, iş haqi tölaş fondi va boşqa mezonlar) asosida avtomatik tarzda şakllanadigan loyiha-qidiruv taşkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi.
Asos: «Özbekiston Respublikasining quriliş sohasida islohotlarni çuqurlaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi