Qutqaruvçilar jabrlanganlarga birinçi tez tibbiy yordamni körsatişgan va vayronalar ostidan odamlarni qidirişmoqda.

Tabiiy ofat röy bergan hududlarda favqulodda holat rejimi joriy etilgan.

Tez yordam xizmati xodimi Gedvika Kropaçkovaning jurnalistlarga ma'lum qilişiça, tezligi soatiga 267-322 km.gaça yetgan kuçli şamol Godonin şahrining bir qismini va uning atrofidagi qişloqlarni - Lujitse, Gruşki, Moravska Nova Ves va Mikulçitseni yer bilan bitta qilgan. 

«Afsuski, biz qurbonlar borligini tasdiqlaymiz, ammo men sizlarga aniq raqamni ayta olmayman», deya Kropaçkovaning sözlarini keltiradi «Frans press» agentligi. U qurbonlar orasida bolalar ham bölişi mumkinligini istisno etmagan.

Godonin şahridagi şifoxona direktori mahalliy televideniyega bergan intervyusida bir kişi ölimi haqida xabar bergan. Şifoxonaga turli darajadagi jarohatlar bilan önlab kişilar yotqizilgan.

Çex televideniyesi favqulodda xizmatlardagi manbasiga tayangan holda tornado hududlar infratuzilmasiga jiddiy talafot keltirgani haqida ma'lum qilgan.

Guvohlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirilgan videokadrlardan köriş mumkinki, jiddiy jabrlangan hududlar bombardimondan keyingi holatni yodga soladi.

Gruşki qişloğidagi uylarning yarmi butkul vayron bölgan. Lidove Noviny naşri mahalliy amaldorga asoslanib yozişiça, qişloq uylarining tomi uçib ketgan, şamol avtomobillarni ağdargan va daraxtlarni ildizidan qöporib taşlagan. Binolar ustiga 10 santimetrgaça bölgan döl yoğgan.

Tabiiy ofatdan jabrlangan aholi punktlari yaqinidan ötgan Praga - Bratislava avtomagistralida daraxtlar yöllarga qulaşi tufayli 50 km.dan ortiqroq masofada tirbandliklar kuzatilmoqda.

Çexiyadagi uylarning 120 mingdan ortiği elektr tokisiz qolgan.

Talafot oqibatlarini bartaraf etişda çexiyalik qutqaruvçilarga harbiylar, şuningdek, Avstriya va Slovakiyadan madad kuçlari yordamga kelgan. Çexiya içki işlar vaziri Yan Gamaçek tvitterdagi sahifasida vazirlik butun mamlakat böylab qutqaruvçilar bölinmalarini yöllaganini ma'lum qilgan.