Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okruglarida qöşinlarni jangovar şaylikka keltiriş böyiça amaliy maşğulotlar boşlandi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Xususan, mudofaa vaziri rahbarligida Toşkent va Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okruglari hamda Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy havo kuçlari harbiy qism va bölinmalarida rejaga asosan qöqqisdan tekşiruvlar bölib ötmoqda. Bunda şaxsiy tarkib va jangovar texnikalarning şayligi tekşiruvdan ötadi.
Şuningdek, «Angren» va «Termiz» umumqöşin dala maydonlari hududida Toşkent va Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrug qöşinlari qömondonliklari tasarrufidagi harbiy qism va hamkorlikdagi kuç tuzilmalari örtasida özaro tajribalar almaşiş hamda harakatlarni muvofiqlaştiriş, harbiy xizmatçilarning amaliy dala könikmalarini takomillaştiriş maqsadida batalon taktik öquvlari ötkazilişi közda tutilgan.
«Taktik öquvlar davomida «Trevoga» signali berilganda şaxsiy tarkibning harakatlari, belgilangan yönaliş böyiça himoyani kuçaytirişi, qöyilgan jangovar öquv vazifalarini sifatli bajariş borasidagi könikmalari sinovdan ötkaziladi.
Şuningdek, şartli duşmanning ehtimoliy joylaşgan hududi aniqlanib, keyinçalik ular tomonidan olib borilişi mumkin bölgan faol harakatlarni bartaraf etiş maqsadida ular joylaşgan hududlarga aviatsiya hamda artilleriya bölinmalarining kuç va vositalari hamda minomyotçilar batareyasi tomonidan zarbalar beriladi», deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etiş kerakki, maşğulotlar qöşni Afğonistonda vaziyat keskinlaşuvi ortidan boşlandi. Biroz oldinroq Taşqi işlar vazirligi janubda Özbekiston çegarasini 53 nafar afğon harbiylari va qurollangan guruhlar kesib ötgani haqida ma'lum qilgandi. Zaruriy suriştiruv va tergov tadbirlari ötkazilganidan söng uşbu afğon fuqarolari vataniga qaytarilgan.
























