Özbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2021 yildagi nazorat işlari rejasiga muvofiq, oliy ta'lim tizimiga 2017-2020 yillarda ajratilgan mablağlardan samarali foydalanilgani yuzasidan örganiş ötkazilmoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2017-2020 yillarda prezident hujjatlarida Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligiga berilgan topşiriqlarning 3 710 tasi bajarilgan, 4ta topşiriqning ijrosi ta'minlanmay qolmoqda.

Şuningdek, masofaviy nazorat natijasida kuzatilgan şubhali holatlar örganilganda, 2ta oliy ta'lim muassasasida 22,5 mlrd söm mablağ özlaştirilgani aniqlandi.

Jumladan, Qarşi muhandislik-iqtisodiyot institutida hisoblangan iş haqi va stipendiyalarga nisbatan bankdan ortiqça olingan 21 mlrd söm naqd pullar buxgalteriya xodimlari tomonidan qalbaki vedomostlar tuziş orqali özlaştirilgan. Jizzax politexnika institutida esa 1,5 mlrd söm mablağlar plastik kartoçkaga ötkaziş orqali özlaştirilgan.

Hisob palatasiga köra, buxgalteriya xizmati mas'ullari özining tuşuntiriş xatlarida yuqorida körsatilgan mablağlar özlaştirilganini tan olişgan.

Ayni vaqtda aniqlangan holatlar böyiça rasmiylaştirilgan hujjatlar özlaştirilgan mablağlarni öz joyiga tiklaş va huquqiy baho beriş uçun belgilangan tartibda Boş prokuraturaga yuborilgan.