Noticias Caracol naşrining xabar berişiça, Duke bilan birga vertolyotda mudofaa, içki işlar vazirlari, Şimoliy Santander departamenti gubernatori va Kukuta şahri meri bölgan. Hujum oqibatida heç kimga zarar yetmagan.  

Ma'lumotlarga köra, Duke vertolyoti Sardinata munitsipalitetini tark etib, Kukutaga qönayotganda unga kamida 6ta öq uzilgan. Hujum joyida ikkita AK-47 avtomati va gilzalar topilgan. Ta'kidlanişiça, avtomatlardan birida Venesuela qurolli kuçlari belgisi bölgan.

Kolumbiya prezidenti vertolyot hujumga uçraganini tasdiqlagan.

Kolumbiya hukumati Duke vertolyotiga hujum qilganlar haqidagi ma'lumot uçun 3 mlrd peso (800 ming dollar) mukofot puli taklif qilgan.

Eslatib ötamiz, Kolumbiyada may oyida soliq islohotlariga qarşi norozilik namoyişlari boşlangandi. Ular davomida 40dan ortiq odam halok bölgan.