Termiz şahridagi transformatorlarning birida yonğin sodir bölgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, bugun, 28 iyun kuni soat 12:03da Termiz şahar «Tuproqqörğon» MFY, Denov köçasida joylaşgan elektr podstansiya hududidagi transformatorlarning birida yonğin sodir bölgan.

Olingan xabar böyiça soat 12:08da voqea joyiga Termiz şahar Favqulodda vaziyatlar bölimining 2ta yonğin-qutqaruv bölinmasi yetib borgan. Yonğin soat 12:10da örab olinib, 12:18da töliq öçirilgan.

Qayd etilişiça, mazkur hodisada heç kim jabrlanmagan va halok bölmagan. Hozirda yonğin sabablari va u keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.