Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 aprel kuni qabul qilingan “Davlat boşqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalaniş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga köra, 1 iyuldan boşlab davlat boşqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilarining yangi tipi joriy etiladi.
Içki işlar vazirligiga yangi tipdagi davlat raqami belgilarining 2021 yil 1 iyulga qadar tayyorlanişini ta'minlaş, davlat boşqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, zarur tuşuntiriş işlarini olib borgan holda, uşbu qaror talablarini yetkaziş, Adliya vazirligi bilan birgalikda 1 avgustga qadar avtomototransport vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşirilişini nazarda tutuvçi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritiş vazifasi topşirilgan.
Davlat boşqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari 2021 yil 1 avgustga qadar:
- xizmat avtotransport vositalarining davlat raqami belgilarini yangi tipdagi davlat raqami belgilariga almaştiriş uçun ularning tegişli içki işlar organlarida qayta röyxatdan ötkazilişini ta'minlaydi;
- xizmat avtotransport vositalari içki işlar organlarida qayta röyxatdan ötkaziş uçun tölovlardan ozod qilinadi.
2021 yil 1 avgustdan boşlab yangi tipdagi davlat raqami belgilari bilan qayta röyxatdan ötkazilmagan davlat boşqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegişli xizmat avtotransport vositalarining harakatlanişi taqiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositalari uçun röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida» 2007 yil 27 iyundagi 131-son qaroriga kiritilayotgan qöşimçalar
2-ilovada I tipdagi röyxatdan ötkaziş davlat raqamining grafik tasviridan keyin quyidagi mazmundagi xatboşilar va grafik tasvir bilan töldiriladi:
«I1 tip — «DAV» seriyali röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilari davlat boşqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining şaxsan biriktirilgan va navbatçi xizmat avtomobillariga beriladi (mudofaa, içki işlar, bojxona, favqulodda vaziyatlar organlarining avtomobillari hamda II tipdagi röyxatdan ötkaziş davlat raqami beriladigan avtomobillar bundan mustasno).
Röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilarining foni oq rangda, çetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Çap tomonda hududning kodi, öng tomonda Özbekiston Respublikasi bayroği va «UZ» harflari.












