2021 yilning ötgan davrida viloyat hududida 97ta yöl-transport hodisasi sodir etilgan. Oqibatda 78 kişi jarohatlangan, 32 kişi esa vafot etgan. Bu haqda Kun.uz'ga Navoiy viloyati IIB YXHB axborot xizmati xabar berdi.
Uşbu avtohalokatlarning 21 tasiga tezlikni oşiriş, 6 tasiga maşinani mast holatda boşqariş, 3 tasiga boşqaruv paytida uxlab qoliş, 5 tasiga qarama-qarşi yönalişga çiqib ketiş, 12 tasiga piyodaga yöl bermaslik, 3 tasiga svetofor işoralariga amal qilmaslik sabab bölgan. 7 ta avtohalokat esa bevosita piyodalarning aybi bilan yuzaga kelganligi aniqlangan.
«Afsuski, tezlikni oşiriş, piyodalarga yöl bermaslik, velosipedçi va piyodalarning yöl harakati qoidalariga rioya etmaslik holatlari köp uçrayapti. Şu sababli, hududlarda tuşuntiriş işlari olib borilib, velosipedçilarga 750 dona nur qaytaruvçi nimçalar, 5 120 dona buklet va 3 150 dona eslatma tarqatildi», — deydi Navoiy viloyati IIB YXHB axborot xizmati rahbari Farruh Yakubov.
2021 yil 27 iyun kuni Navoiyda uxlab qolgan haydovçi sodir etgan YTHda uning özi va otasi vafot etgandi.
















