Ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokamaga sabab bölgan “Andijon muzqaymoği” nafaqat Andijonda, balki respublikaning boşqa hududlarida ham ommalaşdi. Toşkent şahrida esa mazkur muzqaymoqqa reydlar ötkazilib, sanitariya talablariga javob bermasligi ta'kidlandi. Kun.uz muxbiri “Andijon muzqaymoği” tayyorlanadigan korxonada bölib, savollarga oydinlik kiritdi.

Xabaringiz bor, mazkur muzqaymoq Andijon şahridagi “Surpriz ice crem” mas'uliyati çeklangan jamiyati rahbari Hikmatullo Madrahimov nomiga patentlangan.
Korxonada kuniga 40 turdagi bir neça tonna muzqaymoqlar işlab çiqariladi. Mahsulotlarning barçasiga amaldagi tartiblar asosida tegişli sertifikatlar olingan. Mahsulotlar ulgurji sotib oluvçilarga, savdo dökonlariga tarqatiladi. Bundan taşqari, maxsus aravaçalar tayyorlagan bölib, aravaçalarni işçilarga, hamkorlariga beriş orqali ham “Andijon muzqaymoği” sotuvi taşkil etilgan.

Uning ta'kidlaşiça, ijtimoiy tarmoqlarda reydlar orqali sifatsiz deb topilgan muzqaymoqlarni işlab çiqarmagan. Ta'kidlanganidek, u boşqa korxonalar tomonidan tayyorlangan bölişi mumkin.
— Andijon muzqaymoğining ommalaşişiga sabab, uning ta'mida bolalikni eslatuvçi mahsulotlar borligida. Otalarimiz aytib bergan va özimiz ham yoşligimizda mahallamizda velosipedlarda sotib olib kelinadigan muzqaymoqning ta'mini topişga harakat qilganmiz, – deydi Hikmatullo Madrahimov.

Toşkent şahrida ötkazilgan reydlar natijasida muzqaymoq sotilişiga biroz ta'sir qilgan. Biroq hozirda mahsulot doimgidek xaridorgir.

“Andijon muzqaymoqlari”ni yeganingizda haqiqatda olis yoşlik köçalariga sayohat qilasiz. Buni muzqaymoq tanovul qilgan yurtdoşlarimiz ham ta'kidladi.

Abduvali Qurbonov,
Kun.uz muxbiri.
Tasvirçi: Jahongir Mahmudov
Montajçi: Boymirza Halilov











