Ma'lumotlarga köra, Kanadada havo harorati 25 iyundan kötarila boşlagan. Vankuver politsiyasi 25 iyundan 29 iyungaça tösatdan ölim yuz berişi haqida 65tadan köproq qönğiroq olgan. Bunday holatlardan 20tasi 29 iyunda qabul qilingan. Vaholanki, oddiy kunda politsiyaga bunday qönğiroqlardan bor-yöği 3-4ta kelib tuşgan.
Mamlakatda havo harorati 49,5 darajaga kötarildi. Bungaça Kanadada harorat heç qaçon 45 darajadan oşmagan. Fuqarolardan birining ta'kidlaşiça, harorat yuqoriligidan köçaga umuman çiqib bölmagan.
«Biz iloji boriça içkarida qolişga harakat qilmoqdamiz. Biz issiq havoga könikkanmiz, biroq 30 daraja 47 darajadan ança farq qiladi», deb aytgan ayol.
«Vankuver heç qaçon bunday issiqni his qilmagandi. Afsuski, önlab odamlar şu sabab vafot etmoqda», deb aytgan politsiya vakili serjant Stiv Addison.
Bernabi şahri politsiyasi oxirgi 2 kun içida 25ta ölim holati haqida qönğiroq olgan. Ölimlarga nima olib kelgani hali aniqlanmagan, biroq politsiyaning fikriça, ular ob-havo bilan boğlangan. «Köplab ölimlarning sababi issiq havo ekani taxmin qilinmoqda. Vafot etganlardan aksariyati keksalar bölgan», deb ma'lum qilgan kapral Mayk Kalanj.
Surrey grafligida ham 28 iyundan boşlab 20ta ölim haqida xabar olingan. Politsiyada ta'kidlanişiça, odatda ularga bunday xabarlardan kuniga 5ta kelib tuşadi.
Abbotsford va Viktoriya politsiyasi ham ölim holatlari haqida odatdagidan köproq qönğiroq qabul qilganini aytgan.












