2021 yilning 29 iyun kuni Xatirçi tumanida taksiçilik bilan şuğullanuvçi bir guruh şaxslar ularning qoidabuzarligini suratga olgan fuqarolarni döpposlab, maşinasiga zarar yetkazdi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB xabar qildi.
Ma'lum qilinişiça, tumanning Köksaroy mahallasida yaşovçi Ş.A. va S.O. moddiy manfaat ilinjida tuman markazida taksiçilik bilan şuğullanuvçi şaxslarning avtomaşinalarining davlat raqamlarini yaşirin ravişda suratga olgan. Taksiçilik bilan şuğullanuvçi bir neça şaxslar ularni körib qolib, nima sababdan suratga tuşirib yurganini, buning uçun ularga jarima belgilanayotganini ma'lum qilgan.
Ş.A. va S.O. maşinalarning davlat raqamlarini suratga tuşirmaganini aytib, qilgan işlaridan böyin tovlaşgan. Şundan söng uşbu şaxslarni taksi haydovçilari urib-döpposlab, suratga olgan telefon apparatlarini tortib olişgan hamda 85 Q 127 GA davlat raqamli «Spark» maşinasiga moddiy zarar yetkazgan.
Olib borilgan tezkor tadbir davomida uşbu şaxslarning barçasi tuman IIBga olib kelinib, şaxsiga aniqlik kiritilgan va holat yuzasidan batafsil tuşuntiriş xatlari olingan. Holat yuzasidan Xatirçi tuman IIB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.











