28 iyun kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida ötkazilgan Ekologik partiya fraksiyasi yiğilişida «Özbekiston Respublikasining zaytun moyi va zaytun mevasi töğrisidagi xalqaro bitimga (Jyeneva, 2015 yil 9 oktyabr) qöşiliş töğrisida»gi qonun loyihasi körib çiqildi. Qayd etilişiça, bugungi kunda zaytun va zaytun moyi jahon bozorida juda talabgir mahsulot hisoblanib, asosan, aholi iste'moli va dorivor maqsadlarda foydalaniladi. Ma'lumotlarga köra, 1 gektar zaytun plantatsiyasidan 15-17 ming dollar, uni qayta işlaş orqali 45-50 ming dollar miqdorida daromad oliş mumkin.

Özbekistonda rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda yangi zaytun plantatsiyalari taşkil etiş, qayta işlaş korxonalarini işga tuşiriş, hamda eksport hajmlarini oşiriş rejalaştirilgan.

Avvalroq, respublikaning janubiy viloyatlarida 530 gektar, şu jumladan, Surxondaryo viloyatining Oltinsoy, Muzrabot va Uzun tumanlarining har birida 100 gektardan, Termiz, Jarqörğon, Sariosiyo va Bandixon tumanlarining har birida 50 gektardan, Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida 30 gektar maydonda zaytun plantatsiyasi barpo etilişi böyiça ma'lumotlar e'lon qilingandi.

Özbekistonning özida yoki umuman mintaqada maşhur bölmagan zaytun moyi yetiştiriş haqiqatdan ham katta foyda keltiradimi? Bu borada bir qança muammoli holatlar yuzaga kelişi mumkin:

Birinçidan, hozirgi kunda Özbekiston aholisi asosan kungaboqar va paxta moyi iste'mol qiladi. Zaytun moyining narxi kungaboqar va paxta moyi bilan soliştirganda ança yuqori va uni işlab çiqariş ança qimmatga tuşadi. Zaytun moyi iste'molçi uçun arzon muqobilga aylanmaydi, aksinça, u qimmat mahsulot bölib, mamlakat aholisining asosiy qismida daromad darajasi yuqori bölmaganligi sababli, zaytun biznesi rivojlanişi jiddiy tösiqlarga uçraşi mumkin. Umumiy qilib aytganda, içki bozorda zaytun moyi kungaboqar va paxta moyiga alternativa emas va talab deyarli yöq.

Ikkinçidan, hozirgi kunda Ispaniya, Italiya, Turkiya, Gretsiya va Marokaş kabi mamlakatlar zaytun yetiştiriş böyiça eng yirik işlab çiqaruvçilar hisoblanadi. Ya'ni jahon bozorida yuqori darajadagi raqobat mavjud. Bu yerda sifat birinçi öringa çiqadi va tajribasiz özbek işlab çiqaruvçilari bu raqobat maydonida öz örnini topişda qiyinçiliklarga duç kelişi tabiiy holatdir.

Uçinçidan, geografik jihatdan Özbekistonga yaqin bölgan mamlakatlarning heç qaysisida zaytun moyi asosiy iste'mol mahsuloti hisoblanmaydi. Yaqin mamlakatlarda talabning yöqligi, eksport qilinadigan mahsulotlar uçun logistika xarajatlarini oşirib yuboradi.