2021 yilda aholini mahalliy şaroitda işlab çiqarilgan ösimlik moyi bilan ta'minlaş, import hajmini keskin qisqartiriş maqsadida kungaboqar, soya, masxar, raps, kunjut va ziğir ekiladigan maydonlar hajmi oşiriladi.
Şuningdek, hududlarning tuproq-iqlim şaroitidan kelib çiqqan holda zaytun ösimligi plantatsiya usulida yetiştiriladi. Bu haqda Yoğ-moy korxonalari uyuşmasi Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Joriy yilda Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida 530 gektar, şu jumladan, Surxondaryo viloyatining Oltinsoy, Muzraobod va Uzun tumanlarining har birida 100 gektardan, Termiz, Jarqörğon, Sariosiyo, Bandixon tumanlarining har birida 50 gektardan, Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida 30 gektar maydonda zaytun plantatsiyasi barpo etiladi.
Uşbu hududlarga 10 gradusgaça bölgan sovuqqa çidamli Arbusano (Italiya), Arbikino (Italiya), Manzaniya va Kolores (Ispaniya) hamda Gemlik (Turkiya) navli 465 ming tup zaytun köçatlari ötqazilişi közda tutilmoqda.
Xabar qilinişiça, zaytunzorlar barpo etuvçi taşabbuskorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yil muddatga imtiyozli kreditlar ajratiladi; tomçilab suğoriş texnologiyalarini joriy etiş uçun 3,2 milliard söm miqdorida subsidiyalar beriladi.
Yoğ-moy korxonalari uyuşmasining ma'lum qilişiça, hozirda Özbekiston aholisining ösimlik moyiga bölgan yillik talabi 475 ming tonnani taşkil etadi. Yoğ-moy korxonalari yiliga 259 ming tonna ösimlik moyi işlab çiqaradi. Respublika aholisining ösimlik moyiga bölgan talabi mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan 55 foizga, içki bozor ehtiyojining 45 foizi import hisobiga qoplanmoqda.
- Ma'lumot örnida, azaldan zaytun ösimligi «moy daraxt» deb ataladi. Bir gektar şartli suğoriladigan maydonga ziğir yetiştirilganda, örtaça 10-12 sentnerdan hosil olinadi va undan 300-360 litr, bir gektar maydonga kunjut ekilganda 1,2-1,5 tonna xomaşyo yetiştirilib, 500-600 litr moy oliş mumkin.
- Zaytun ekilgan bir gektar maydonda 350-400 tup daraxt bölib, har bir daraxtdan 50-70 kilogramm, jami 2,4-2,8 tonna meva yiğib olinadi, undan 1,5-1,7 tonna zaytun moyi olinadi. Zaytun 500 yildan 4000 yilgaça yaşaydigan, uzoq yaşovçi va sekin ösuvçi subtropik daraxt hisoblanadi. Uning balandligi 10-12 metrdan oşmaydi.
Avvalroq, Kun.uz Özbekistonda ösimlik yoği narxi oşib borayotganiga oid tahliliy maqola e'lon qilgandi. Unda sönggi oylarda dunyo böyiça ösimlik yoği narxi örtaça 20-25-foizga, Özbekistonda esa 17 foizga oşgani, şuningdek, narx oşişi kungaboqar yoği narxi kötarilişi fonida sezilgani ta'kidlangan edi.
















