Surxondaryo viloyatida joylaşgan Bobotoğ davlat örmon xöjaligi hududida ösimlik dunyosiga 272 million söm zarar yetkazilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Bobotoğ davlat örmon xöjaligi Hazratbobo örmon bölimi 4-aylanma 7-kvartal hududidan 1812 tup, Hazratbobo örmon bölimi 2-aylanma 3-kvartal hududidan 409 tup kovrak ösimligining ildizini örtaça 1-2 marotaba kesib, şirasi olingan.

Odamlar kovrak ösimligi şirasini oliş maqsadida uning ildizini kesib şikastlantirgan. Uşbu harakat oqibatida ösimlik dunyosiga salmoqli zarar yetkazilgan. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi «Ösimlik dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida»gi qonunning 36-moddasi talablari buzilgan.

Qayd etilişiça, Bobotoğ davlat örmon xöjaligi Hazratbobo örmon bölimi hududida ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori jami 272 million sömni taşkil etgan. Qonunbuzarlar tomonidan yiğib qöyilgan karton qoğozlar şu joyning özida yöq qilingan.

Ta'kidlanişiça, hozirda qonuniy javobgarlik masalasini hal qiliş va tabiatga yetkazilgan zararni undirişda amaliy yordam beriş uçun töplangan materiallarni viloyat prokuraturasiga taqdim etiş böyiça işlar olib borilmoqda.








