Pokiston boş vaziri Imron Xon kelasi oyda Özbekistonga kelişi kutilmoqda. Bu haqda Tribune.com sayti xabar bergan. Manbada aytilişiça, Imron Xonga örinbosari Abdulrazzoq Dovud ham hamrohlik qiladi.

Dovudning naşrga ma'lum qilişiça, bu yil Özbekiston va Pokiston örtasidagi munosabatlar uçun muhim bölmoqda. U Özbekiston Pokistonning Örta Osiyodagi biznes qilişi uçun darvoza bölişi mumkinligini aytgan. Uning fikriça, Toşkent bilan yaxşi aloqalar Pokistonning Örta Osiyoga eksport hajmini oşirişga xizmat qiladi. Pokistonda Örta Osiyo bilan savdo aloqalarining umumiy imkoniyati 90 milliard dollar atrofida baholanadi.

Xabarda 2021 yil may oyida ilk marta xalqaro bojxona konvensiyasi asosida eksport tovarlari Islomoboddan Toşkentga töğridan töğri kelgani ham eslangan. Şuningdek, Özbekiston investitsiya va taşqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov 2020 yil sentyabr oyida Pokistonda Abdurazzoq Dovud bilan körişgani ta'kidlangan.

Ma'lum bölişiça, 14 iyul kuni Toşkentda Pokiston va Özbekiston hukumat vakillarining uçraşuvi bölib ötişi kutilmoqda. 15-16 iyul kunlari esa ikki mamlakat munosabatlariga bağişlangan konferensiya ötkazilib, unda Imron Xon hamda Şavkat Mirziyoyev qatnaşişi rejalaştirilgan.