Davlat bojxona qo‘mitasi, Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi bosh inspektori Hasan Boybekov bojxona auditiga oid ma'lumotlarni taqdim etadi.
2020 yilda prezident farmoni imzolanib, bojxona organlari bojxona auditini o‘tkazishi belgilandi. Bojxona auditi tashkil etilishining asosiy sababi shundaki, ilgari bojxona idoralari tadbirkorlik sub'yektlarining barchasini yoppasiga bojxona nazoratidan o‘tkazar edi. Bojxona auditi joriy etilishi natijasida yoppasiga nazoratdan o‘tkazish soni kamaydi.
O‘zbekiston 2020 yili «Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish» xalqaro Gyote konvensiyasiga a'zo bo‘ldi. Bu konvensiyada bojxona organlari o‘z amaliyotida bojxona auditini joriy etishi va bojxona nazoratini bojxona audit usullari orqali o‘tkazishi belgilandi.
Bojxona auditini joriy etishdan ko‘zlangan maqsadlar nima?
Bojxona auditini joriy etish maqsadlariga to‘xtalinsa, quyidagilarni alohida qilish mumkin:
- Bojxona rasmiylashtiruv vaqti va xarajatlarini qisqartirish;
- Halol tadbirkorlarni rag‘batlantirish, shuningdek, xalqaro shartnomalarni O‘zbekiston qonunchiligiga uyg‘unlashtirish.
Bojxona auditi o‘zi nima?
Bojxona auditi tovarlar chegara bojxona postidan chiqarib yuborilgandan so‘ng bojxona qonun-qoidalariga qay darajada rioya etilganini, moliya-xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni o‘rganishdan iborat bo‘lgan bojxona nazorat shaklidir. Bu nazorat vakolatli shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 25 fevraldagi qarorida ko‘rsatib o‘tilgan mazkur amaliyot 1 maydan e'tiboran amaliyotga joriy etila boshlandi.
Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
- Bojxona auditini amalga oshirish tartibi;
- bojxona auditidan o‘tkazadigan vakolatli shaxslarni tanlash;
















