Janluiji Donnarumma
Yoşi: 22
Amplua: darvozabon
Transfer qiymati: 60 million yevro*
Sönggi klubi: «Milan»
Ehtimoliy marşrut: «PSJ»
* transfermarkt.com.
Italiya termasi darvozaboni mavsum yakunida «Milan» bilan xayrlaşgandi va endi «PSJ»ga ötişi kutilmoqda. Barça narsani biluvçi insayder Fabritsio Romano bir neça marta şartnoma tafsilotlarini oçiqladi — tuzilajak şartnoma 2026 yilga qadar amal qiladi, darvozabon hatto tibbiy körikdan ötib bölgan. Ammo kelişuv haqida hali ham rasman e'lon qilinmadi, bu esa Donnarumma hamon erkin agentligini anglatadi.

Serxio Ramos
Yoşi: 35
Amplua: himoyaçi
Transfer qiymati: 10 million yevro
Sönggi klubi: «Real»
Ehtimoliy marşrut: «PSJ», «Yuventus»
Ispan futbolidagi eng obröli himoyaçi bölgan Ramos Madrid superklubiga 16 yilini bağişladi, ammo baribir klubdan ketişiga töğri keldi. Sönggi mavsumda «Real» sardori jarohatlardan jabr çekdi va klubi bilan şartnoma şartlari böyiça kelişa olmadi. Endi Ramos erkin agent, ammo unda takliflar bor. Hozirça eng ehtimoliy variant — «PSJ».

Alsaid Hyusay
Yoşi: 27
Amplua: himoyaçi
Transfer qiymati: 13 million yevro
Sönggi klubi: «Napoli»
Ehtimoliy marşrut: «Latsio»
Uşbu albaniyalik himoyaçiga qişda Moskvaning «Spartak» klubi qiziqayotgandi, bahordayoq Hyusayning özi mavsum yakunida «Napoli»dan ketişini e'lon qilgandi. U Moskvaga yöl olişi ehtimoldan yiroq — qizil-oqlar jamoasida öng qanot himoyasiga futbolçilar yetarli. Katta ehtimol bilan, Hyusay Mauritsio Sarri boşçiligida yangi mavsumni boşlaydigan «Latsio»ga ötadi.



















