Portugaliya hukumati koronavirus tarqalişi darajasi yuqori bölgan hududlarda, jumladan, poytaxt Lissabonda soat 23:00dan komendantlik soati joriy qildi, deb xabar berdi Publico naşri.

«Biz heç qanday vaziyatda pandemiya nazorat ostida ekanligini ayta olmaymiz. Hozirgi vaziyatimiz mamlakat oxirgi 1,5 yil içida boşdan keçirgandagidek oğir emas, biroq jiddiy», deb aytgan vazir Mariana Silva Viyeyra.

Portugaliyada oxirgi sutkada fevral oyidan beri eng köp sonda kunlik kasallaniş holati qayd etildi va 2 mingdan köproqni taşkil qildi. Kasallaniş holatlari asosan Lissabonda va Teju vodiysi hududida qayd qilingan.

Ta'kidlanişiça, komendantlik soati 2 iyuldan boşlanadi va soat 23dan 5gaça amal qiladi. U virus tarqalişi darajasi yuqori bölgan 45ta munitsipalitetda joriy etiladi.