1 iyul kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida davlat aktivlarini xususiylaştiriş sohasidagi işlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Rasmiy relizga köra, joriy va kelgusi yilda davlat uluşi bölgan korxonalar sonini kamida 3 barobar qisqartiriş böyiça iş olib borilmoqda.
2020 yil 27 oktyabrda “Davlat iştirokidagi korxonalarni isloh qilişni jadallaştiriş hamda davlat aktivlarini xususiylaştirişga oid çora-tadbirlar töğrisida” farmon qabul qilingan edi. Şu asosda joriy yilning birinçi yarmida 478 ta davlat mulki 1 trillion 100 milliard sömga sotildi.
Lekin, bu borada qilinadigan işlar hali köp. Xususan, sotilişi belgilangan 556 ta mulkdan 288 tasi savdolarga çiqarilmagan. Şuningdek, davlat korxonalari va banklar ixtiyorida ularning asosiy faoliyatiga xos bölmagan 511 ta obekt haligaça sotilmasdan turibdi.

Yiğilişda xususiylaştiriş jarayonini samarali taşkil etiş, auksionda qatnaşiş tartiblarini soddalaştiriş va iştirokçilar sonini köpaytirişga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, joriy yilda 900 dan ortiq davlat mulki sotuvga qöyiladi. Endi davlat mulklarini “1 söm” qiymatda savdoga çiqariş, yer uçastkalarini investitsiya majburiyati bilan sotiş amaliyoti bekor qilinadi va ular bozor bahosida elektron savdolarga çiqariladi.
Bundan taşqari, onlayn auksionda qatnaşiş uçun tölovlar bekor qilinadi va tadbirkorlarga elektron röyxatdan ötiş xarajatlari Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan qoplab beriladi. Auksionda mulkni sotib olganda, tölov muddati hozirgi 5 kundan 15 kungaça uzaytiriladi.
Bundan buyon, davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan taşkilotlarning bino-inşootlari, transport vositalarini sotiş va ijaraga berişni faqat elektron auksion orqali amalga oşiriş tartibi joriy etiladi.
Mutasaddilarga uşbu yangi tartiblarni nazarda tutuvçi qaror loyihasi işlab çiqiş topşirildi.

Toşkent şahridagi 13 ta yirik köçmas mulk obekti hamda 11 ta tarmoq korxonalaridagi davlat uluşlarini xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda, sotuvga çiqariş zarurligi ta'kidlandi.













