Termiz tumanida 50 sotix yerni öziga tegişli ekanligiga işontirib, 150 mln sömga sotmoqçi bölgan şaxs uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bölimi tomonidan Milliy gvardiya viloyat boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik bilan yer sotayotgan N.Q. uşlangan. Qayd etilişiça, fuqaro N.Q. firibgarlik yöli bilan, fuqaro O.ni «Yangiobod» MFYda joylaşgan 50 sotix yer maydoni öziga tegişli ekanligiga işontirgan. Söng, tanişlari orqali hujjatlarni rasmiylaştirib berişi evaziga 150 million sömga sotişga kelişib, şundan 84 million sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Jarqörğon tuman quriliş bölimi sobiq rahbari yer sotişda ayblanmoqda
Surxondaryo viloyati hokimligining sobiq xodimi noqonuniy yer sotayotgan vaqtida qölga tuşdi













