Toşkentda koronavirus bemorlari uçun taqsimlaş markazlari «Özekspomarkaz» körgazma majmuasi bazasida, «Universal» va «Yoşlik» sport majmualarida qayta oçilmoqda. Bu haqda şahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Davlat xavfsizlik xizmati balansida bölgan «Yoşlik» sport-soğlomlaştiriş majmuasiga taşrif buyurdi. Bu yerda 2 iyul kuni soat 00:00dan boşlab koronavirusga şubha qilingan bemorlarga birinçi tibbiy yordam körsatiş va ularga xizmat körsatiş uçun taqsimlaş markazi oçiladi.
Şuningdek, Jahongir Ortiqxöjayev 3 iyulga ötar keçasi «Universal» sport majmuasi negizida 770 örinli taqsimlaş markazini oçiş töğrisida körsatma berdi.
Bundan taşqari, Toşkent şahar hokimi duşanba kuni «Özekspomarkaz» körgazma majmuasi negizidagi 700 örinli taqsimlaş markazi işini tiklaş haqida topşiriq bergan.
Umuman olganda, deyarli 2000 nafar bemor uçun joylar zaxirasi şakllantirilişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, Soğliqni saqlaş vazirligi sönggi bir kunda mamlakatda 476ta yangi kasallaniş holati aniqlanib, 600dan ortiq kişi tuzalgani va 4 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.














