2021 yil 2 iyul kuni Nukus şahridagi Amfiteatrda qöl jangi böyiça professional sportçilar örtasidagi xalqaro turnir bölib ötdi.

Turnirda yurtimiz sportçilari bilan birga Rossiya, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon hamda Kamerundan kelgan qöl jangi ustalari ğoliblik uçun bahs olib borişdi.

Turnirning tantanali oçiliş marosimida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Murat Kamalov iştirok etdi. 

Musobaqada 6 ta jang ötkazildi. Yakunga köra, barça vazn toifasida hamyurtlarimiz ğalaba qozonişdi:
1)  Nurpeyis Qarlybayev (raqibi ozorbayjonlik Ruslan Mamatov);

2)  Maftuna Quöandykova (raqibi rossiyalik Diana Saadullayeva);

3)  Şahboz Tursunov (raqibi rossiyalik Arsen Mutaçev);

4)  Olim Normurodov (raqibi ukrainalik Mkrtçan Yevgeniy);

5)  Şerzod Jumanazarov (raqibi kamerunlik Nguyefak Tonleu);

6)  Jahongir Jumayev (raqibi belorussiyalik Yuriy Bubaçkin). 

Jang iştirokçilariga Jöqorği Kenges Raisi Murat Kamalov 3 ming, 2 ming va 1 mingAQŞ dollari pul mukofotlarini topşirdi.

Eslatib ötamiz, Nukusda bu kabi xalqaro turnir birinçi marta ötkazildi.