Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 1 kilogrammdan oşiq marixuanani 1500 dollarga sotmoqçi bölgan şaxs uşlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 22 iyun kuni soat 21:00larda, viloyat IIB xodimlari tomonidan Dehqonobod tumanida giyohvand moddalarning oldi-sotdisiga çek qöyilgan.
Jumladan, Dehqonobod tumani Toğaytemir qişloğida yaşovçi M.X. tumanning «Dehqonobod» MFY hududidagi avtoşohbekat oldida N.F.ga 1021,2 gramm marixuana giyohvandlik vositasini 1500 dollariga sotgan vaqtda viloyat IIB va tuman içki işlar bölimi xodimlari tomonidan qölga olingan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tuman IIB TB tomonidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaşqadaryoda uyida kannabis parvarişlagan 63 yoşli fuqaroning faoliyatiga çek qöyildi
Qaşqadaryoda giyohvandlik ösimliklarini yetiştirgan şaxs uşlandi









