Islom Rajabov davlat mulozimlari buğdoyni tortib olişga kelişgan vaqtda u uyida bölmagani, vaziyatdan xabar topgan zahoti xonadoniga yetib borganini ta'kidlaydi. Uning sözlariga köra, voqea joyida hozir bölgan IIB xodimlari, mansabdorlar özlarini taniştirişmagan, şaxslarini tasdiqlovçi biror bir hujjat körsatişmagan.

Rajabov faqat Urganç tumani agroinspeksiya boşliği Rustam Oçilovni taniganini aytadi.

Jarayon aks etgan videotasvirlarda köringan şaxslar orasida Urganç tumani IIB boşliği örinbosari Kamoladdin Polvonov, tuman hokimligi vakillari va boşqalar borligi aytilmoqda.

Rasmiylar buğdoyni olib ketiş uçun asos böluvçi biror bir hujjat, masalan sud qarorini körsata olişmagan.

Özlarini taniştirmagan mutasaddilar Rajabov 55 gektar yerga buğdoyni noqonuniy ekib, noqonuniy hosil olganlikda gumonlanayotgani, omborda saqlanayotgan buğdoy davlatning buğdoyi ekani, şu bois uni olib ketişlarini, agar tekşiruvlardan söng gumon tasdiğini topmasa, hamma buğdoy qaytarib berilişini aytişgan.

«Fermer bölmasam, davlat bilan örtamizda heç qanday şartnoma bölmasa, qanday qilib men yetiştirgan buğdoy davlatning buğdoyi bölişi mumkin? Yerni «Kiva Sesame» qöşma korxonasidan bir yilga ijaraga olganman, örtamizda pudrat şartnomasi bor, heç qanday noqonuniy iş qilganim yöq», – deydi u Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

«Kiva Sesame» MÇJrahbari Ruslan Qalandarov ham Islom Rajabovning sözlarini tasdiqladi.

Ruslan Qalandarov

«Korxonamiz kunjut yoği va undan olinadigan boşqa mahsulotlarni eksport qiladi. 2019 yilda kunjut ekiş uçun bizga 300 gektar yer ajratildi. Uşbu yerlarning unumdorligi past, bonitet balli 30 ga teng edi. Uning «Oq-oltin» konturidagi qismiga tutaş hududda şoli ekildi. Bu qançalik qonuniy, kim bunga ruxsat bergan? Aslida bu heç qanday agrotexnika qoidalariga töğri kelmaydi. Çunki şoli ekilgan hududga tutaş yerlarning zaxi çiqib ketadi. Aynan şu sababli kunjut ekilgan dalamiz botqoqqa aylandi va yaroqsiz holga keldi. Hosilning 100 foizidan ajraldik.

2020 yilda ham şunga öxşaş vaziyat takrorlandi. Vegetatsiya davrida 200 gektar yerimizga suv yetkazib berilmadi, oqibatda kunjutning 80 foiz hosilidan ajraldik.