Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumanida «Tiko» maşinasi kanalga ağdarilib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, bugun, 5 iyul kuni soat 8:00larda Qaşqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga Qarşi tumani hududidan oqib ötuvçi kanalga «Tiko» maşinasi tuşib ketgani töğrisida xabar kelgan.
Mazkur xabar yuzasidan viloyat FVB suvda qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Ma'lum bölişiça, maşina salonida faqatgina haydovçi bölgan. U yengil tan jarohatlari bilan çökayotgan avtoulovdan öz vaqtida çiqib olgan.
Ta'kidlanişiça, qutqaruvçilarning olib borgan tezkor harakatlari natijasida bir neça daqiqalardan söng maşina suvdan olib çiqilgan.
Toşkent viloyatida ösmir boşqargan «Matiz» ariqqa ağdarilib ketdi
Jizzaxda somon ortgan «ZIL» ağdarilib ketdi va M39 xalqaro avtomobil yölida qatnovni tösib qöydi












