Yangi aeroportdan ilk reys Möğulistonning milliy aviakompaniyasi «MIAT» tomonidan Tokioga amalga oşirildi.

Aeroport oçilişida Möğuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux iştirok etib, bu mamlakat taraqqiyoti uçun muhim voqea ekanini ta'kidlab ötgan.

 Aeroport boşqaruvi 15 yil davomida «New Ulaanbaatar International Airport» yapon-möğul qöşma kompaniyasi tomonidan amalga oşiriladi. 

Yangi obekt mamlakat poytaxti Ulan-Batordan 50 km janubda, Xuşig aymaka Tuv vodiysida joylaşgan va yiliga 3 mlngaça yölovçini qabul qilişga möljallangan.

Aeroportning bitta uçiş-qöniş yölagini öz içiga olgan aerodromi 104 ming kvadrat metr, yölovçi terminallari esa 35 ming kvadrat metr maydonni egallagan.

 Aeroport xalqaro standartlarga javob berib, unda ilğor yapon texnologiyalari qöllangan.

 Aeroport 12ta aviakompaniya, jumladan, mahalliy «Mongolian Airlines» (MIAT), «Aero Mongolia», «Hunnu Air», «Eznis Airways», Xitoyning «Air China», Rossiyaning «Aeroflot», «Angara», Turkiyaning «Turkish Airlines», Janubiy Koreyaning «Korean Air», «Asiana Airlines», «Air Busan» va Qozoğistonning «SCAT Airlines» aviakompaniyalariga xizmat körsatadi.

 Vaqt ötişi bilan yangi aeroport mamlakatning boş aeroportiga aylanişi kutilmoqda. U yerga poytaxt aeroporti «Buyant-Uxaa»dan reyslarni köçiriş rejalaştirilgan.