Amazon Leo – bu Amazon kompaniyasining past orbitali sunʼiy yoʻldosh tizimi boʻlib, u anʼanaviy tarmoqlar imkoniyatlari cheklangan joylarda tez va ishonchli internet aloqasini taʼminlashga moʻljallangan.

Ushbu hamkorlik anʼanaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini qurish qiyin boʻlgan hududlarda ulanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Sunʼiy yoʻldosh yechimlari mavjud yerusti tarmoqlarini toʻldirib, chekka aholi punktlari aholisi, shuningdek, borish qiyin boʻlgan hududlarda faoliyat yurituvchi korxonalar uchun zamonaviy tezyurar aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.

2

Aholi uchun yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatining kengayishi davlat raqamli xizmatlaridan foydalanish, masofaviy taʼlim olish, shifokorlardan onlayn maslahat olish, masofadan turib ishlash va muloqot qilish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi. Biznes uchun esa zamonaviy sunʼiy yoʻldosh yechimlari ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlarini ulashning yangi usullarini taqdim etsa, davlat uchun mamlakatning yagona raqamli makonini yanada rivojlantirishga hissa qoʻshadi.

Uztelecom Oʻzbekistonning telekommunikatsiya infratuzilmasini izchil rivojlantirib, optik-tolali tarmoqni kengaytirmoqda, mobil aloqani modernizatsiya qilmoqda, zamonaviy maʼlumotlar markazlari va bulutli platformalarni yaratmoqda. Bugungi kunda kompaniya aholi punktlarining 96 foizini aloqa bilan taʼminlab, 378 802 km optik-tolali aloqa liniyalarini ekspluatatsiya qilmoqda.

3

Shu bilan birga, mamlakat geografiyasi ayrim olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda muqobil ulanish texnologiyalariga ehtiyojni yuzaga keltirmoqda. “Amazon Leo” sunʼiy yoʻldosh yechimlari aynan shunday holatlarda – yerusti tarmoqlarini rivojlantirish cheklangan yoki iqtisodiy jihatdan kamroq samarali boʻlgan joylarda ulanish imkoniyatlarini kengaytirgan holda, “Oʻztelekom”ning mavjud infratuzilmasini toʻldirishga moʻljallangan.

Kelishuv doirasida UZ-SAT, Amazon Leo’ning vakolatli distribyutori sifatida, Amazon Leo tarmogʻi va imkoniyatlaridan foydalangan holda, Oʻzbekiston boʻylab mijozlar uchun ulanish yechimlarini yaratadi va taqdim etadi.

4

«Amazon Leo bilan hamkorlik mamlakatimizning anʼanaviy yerusti infratuzilmasidan foydalanish cheklangan hududlarida ulanish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Maqsadimiz – insonning qayerda yashashi yoki ishlashidan qatʼi nazar, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini yaratishdir. Yangi avlod sunʼiy yoʻldosh aloqasi Uztelecom’ning mavjud infratuzilmasiga muhim qoʻshimcha boʻlib, Oʻzbekistonning yagona raqamli makonini yanada rivojlantirishda yana bir vosita boʻlib xizmat qiladi»