Bundan ikki kun avval, 3 iyul tunda Zarafşon milliy tabiat boğining Jomboy tumani hududida joylaşgan qismida sodir bölgan yonğinda 1,05 gektar maydonda 200ga yaqin daraxt va butazorlar yonib ketgan. Bu haqda yonğindan söng boğda örganiş işlarini olib borgan viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 3 iyul kuni Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi xodimlari tomonidan Zarafşon milliy tabiat boğining Jomboy tumani hududida joylaşgan qismida sodir bölgan yonğin asoratlari örganilgan.
Örganiş davomida Zarafşon milliy tabiat boğining 4-örmon bölimi, 9-kvartalida taxminan 1,05 gektar yer maydoni yongani aniqlangan.

Qayd etilişiça, yonğin jami 200ga yaqin daraxt va butazorga zarar yetkazgan. Şu sababli milliy tabiat boğining bölim mas'ul noziriga nisbatan qonunlarda belgilangan talablar asosida bayonnoma rasmiylaştirilgan. Ayni paytda hodisa yozasidan suriştiruv va örganiş işlari davom ettirilyapti.












