Andijonlik 63 yoşli Javlon Toşmatov soxta hujjatlar bilan birovning yerini sotib yuborgan.

Jinoyat işlari böyiça Böston tuman sudi raisi Husniddin Kamolovning xabar berişiça, aybdor uşbu jinoyatga qadar 9 bor sudlangan.

Iş holatlariga köra, Javlon Toşmatov xavfli retsidivist bölgan holda, özganing mulkini firibgarlik yöli bilan qölga kiritiş maqsadida, 2020 yilning yanvar oyida aslida Andijon şahar hokimining 2017 yil 28 iyundagi qarori bilan Andijon şahrida yaşovçi fuqaro O.Daminovga ajratib berilgan 52-maydon 400 kv metrdan iborat (kv 416B, uç.26) yer maydonini mazkur qarorning 1.7 bandiga göyoki özining nomiga 8-maydon 400 kv metrdan iborat (kv 630 uç. 238) yer maydoni ajratilgani körsatilgani haqida qalbakilaştirib, O.Daminovning işonçiga kirib, yer maydoni öziga tegişli ekanini aytib aldab, 6.000 AQŞ dollariga sotişga kelişib, kelişuvdagi pullardan 3.000 AQŞ dollarini olib, özganing mulkini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.

Sud J.Toşmatovni Özbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 3-qismining “b” bandi va 228-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan aybli deb topib, jabrlanuvçiga yetkazilgan zararni undirib, şu modda bilan ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi.

Avvalroq, Andijon şahrida aliment tölaşdan böyin tovlagan 4 nafar ota qamalgani töğrisida xabar bergan edik.